Yaya Ture - 2015 yil Afrikada eng yaxshi futbolchi
Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 08:01
Kot-D`Ivuar va Manchester Siti klubi yarim himoyachisi Yaya Ture 2015 yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, deb xabar bermoqda BBC Africa.
32 yoshli ivuarlik futbolchi Yasin Braimi (Aljir, Portu), Per-Emerik Obameyang (Gabon, Borussiya D), Sofyan Feguli (Jazoir, Valensiya), Muhammad Salox (Misr, Roma) kabi raqobatchilarni ortda qoldirdi.