So’nggi yangiliklar

13:59Саудия Арабистони клуби Осимхен билан музокаралар олиб бормоқда  0 13:32"Интер" МЮ ҳужумчисини харид қилмоқчи  2 13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  7 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  4 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  1 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  6 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  19 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3

Yaxshiyam raqibimiz Falastin ekan yoki murabbiyimizga etirozlarim bor Yangiliklar

Yaxshiyam raqibimiz Falastin ekan yoki murabbiyimizga etirozlarim bor

O'zbekiston terma jamoasi Falastinni mag'lub etdi, biroq shaxsan men murabbiy ishidan qoniqmadim.

Ha, Vadim Abramovning qarorlari meni o'ylantirib qo'ydi. Hammasi haqida alohida to'xtalib o'tsam.


1. Nega Odil Ahmedov himoyaviy ishlar bilan band?

Ayni damda terma jamoamizni boshqarayotgan Vadim Karlenovich avval ham MTJda ishlagan va oldin ham xuddi hozirgidek Odil Ahmedovni orqada o'ynashga majburlagan (qo'pol qilib aytganda). To'g'ri, Ahmedov katta tajribaga ega, elkama-elka kurashlarda har qanday raqib bilan munosib kurasha oladigan etakchi, ammo uning "SHanxay SIPG"dagi harakatlariga etibor bering. Yarim himoyachimiz Oskar bilan birgalikda hujumlar boshlab berishda juda faol va uzatmalarda nozik harakat qiladi. Buning ustiga reydlar uyushtirishga usta. Ijodkorlik va paslar aniqligi bo'yicha Osiyoning manaman degan futbolchilari bilan bellasha oladigan Odilimiz negadir faqat raqib hujumlarini buzadi, ulardan to'plarni olib qo'yadi va markazdagi chiziqni chegara deb biladi. Terma jamoamizda markaziy himoyachilar yo'qmi yoki tayanch yarim himoyachilar etishmovchiligi mavjudmi? Menimcha, himoyaviy o'yin uchun Ahmedovdan boshqa yaxshi nomzodlar ham bor.


2. Uchrashuvning so'nggi 15-20 daqiqasida nega doim sustmiz?

Mana shu savolga doimo javob topa olmaganman. Esimni tanibmanki, O'zbekiston terma jamoasi raqibni kichik farq bilan mag'lub etayotgan o'yinlarning oxirida nima qilishni bilmay qoladi. Saudiya Arabistoni va Falastinga qarshi o'yinlarda ham xuddi shu vaziyatga guvoh bo'ldim. Saudiyaliklardan uchralgan mag'lubiyatda murabbiy muxlislar va futbolchilarni aybladi.

"Ishqibozlar qo'llab-quvvatlovi ostida ular (futbolchilarimiz) oldinga o'taverishdi".


Janob Abramov, muxlislar bundan oldin ham shunday qilishgan va keyin ham bu ishni davom ettirishadi. Ularga hujumlarga boy o'yin kerak. Jamoani esa ishqibozlar emas, siz boshqarishingiz lozim. Agar MTJ hisobda oldinda bo'la turib, 70 daqiqadan keyin ham ko'proq hujumni o'ylashayotgan bo'lsa, demak o'yindan oldingi mashg'ulot, nazariyalarda siz nima qilishni tushuntirmagansiz. Bazilar futbolchilarimizning jismoniy holati yaxshi emas deyishi mumkin. Yo'q, yigitlar 90 daqiqadan ko'proq yugurib bera olishardi. SHunchaki ular nima qilishni bilishmayapti. Vadim Abramov vaziyatni o'zgarishlar bilan o'nglashi mumkin edi, ammo... Bu haqida alohida etiroz bor.

Falastin bilan bahsda har taraflama kuchli ekanligimiz ko'rinib turibdi, himoyaga o'tishimizdan avval raqib deyarli birorta tuzuk hujum qilmadi, lekin Vadim Abramov qo'rqdi, guruh autsayderidan qo'rqdi. Yaxshiyam raqibimiz Falastin ekan, uchinchi bosqichda 70-daqiqadan so'ng himoyaga yotsak, Yaponiya, Avstraliya yoki Janubiy Koreya Eldor Suyunov darvozasiga aniq zarbalar beraverib, statistikachilarni charchatishi aniq. Kechagi raqibimiz ham "orqaga yotganimiz"dan so'ng darvozamiz oldida yaxshigina hujumlar tashkil etdi. Guruhlardagi vaziyat chigallashib turganida, nega ko'proq gol urib, har ehtimolga qarshi to'plar nisbatini oshirib olmasdan, 2:0 nolga qanoat qilib, Falastindan cho'chiyapmiz? Kechagi bahsda vaqt cho'zish bo'yicha arablardan qolishmadik. Osiyoning sharqdagi etakchilariga etibor bersangiz, ular maydonga yotib emas, to'pga egalik qilib vaqtni o'ldirishadi.


3. O'zgarish (zamena) lardan maqsad nima?

Terma jamoamiz bosh murabbiyi ikki uchrashuvdan beri o'zgarishlarni eplay olmayapti. Bir paytlar "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze o'zgarishlar borasida etiroz bildirgan jurnalistga "Sen umring davomida biror marta o'zgarish amalga oshirganmisan?" degan edi. Ha, Abramov menga ham shu gapni qo'llashi mumkin, biroq murabbiyimiz o'zgarishlar orqali o'yinda nima qilmoqchi ekanini tushunmadim.

Saudiya Arabistoniga qarshi bahsning 82-daqiqasida Masharipov o'rniga Hamrobekov maydonga tushdi. Maqsad hujumdan voz kechib, himoyaga yotishmidi? Agar niyat shunday bo'lsa, nega o'sha muxlislar gapiga kirib, oldinga o'tayotgan yarim himoyachi Sanjar Qodirqulov emas, to'pni o'zida yaxshi ushlab, vaqti xohlaganicha cho'za oladigan Jaloliddin o'zgartirildi.

Falastin bilan uchrashuvdagi o'zgarishlarga umuman tushunmadim. 74 va 78 daqiqalarda Masharipov va SHomurodovlar maydonni tark etdi va ularning o'rniga himoyadan ko'ra hujumda foydasi ko'proq bo'lgan Jamshid Iskandarov hamda Temurxo'ja Abduholiqovlar o'yinga qo'shilishdi. Biroq O'zbekiston terma jamoasi ustozi Saudiya Arabistoniga qarshi bahsdagi xatolar takrorlanishidan qo'rqib, futbolchilarni orqaroqda o'ynashga, vaqtni cho'zishga chaqirdi. Nega hujumkor futbolchilar maydonga tushadiyu, o'yin uslubimiz himoyaga qaratilgan?

Terma jamoamiz Qatardagi JCH-2022da o'ynashini xohlayman, ammo bu kamchiliklar bilan uchinchi bosqichda katta muammolarga duch kelishimiz aniq. Vadim Karlenovichga bo'lgan barcha etirozlarim shu, agar sizda ham qandaydir fikr bo'lsa, ularni izohlarda kutib qolaman.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: -63   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика