Yaxshiboev va Umarov o'ynayotgan chempionat to'xtatilmadi

Mirjalol Normatov
17 mar 2020, 20:29
Belarusda futbol o'ynalishda davom etadi.

Mamlakat futbol federatsiyasi o'z rasmiy saytida o'yinlar davom etishini va taqvimga ko'ra o'tkazilishini ma'lum qildi. Biroq shu bilan birga mamlakatdagilar ichki va tashqi joylarda koronavirus epidemiyasining tarqalishini kuzatuvga olishadi va qo'shimcha chora-tadbirlarni ko'rishadi.

Ushbu chempionatdagi "Energetik-BGU" jamoasi tarkibida ikki vatandoshimiz Jasurbek Yaxshiboev hamda Shahboz Umarovlar faoliyat olib borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: abff.by