So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  2 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  6 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

Yaxshiboev va "Nasaf"dagi Markoni nima bog'lab turibdi? Yangiliklar

Yaxshiboev va "Nasaf"dagi Markoni nima bog'lab turibdi?

Millionlab ishqibozlarga bayramona kayfiyat ulashgan Jasurbek Yaxshiboev O'zbekiston va Moldovada kun qahramoni!

"Paxtakor"ning asosiy tarkibiga kira bilmagan futbolchi "Santago Bernabeu"da kimsan, "Real Madrid" darvozasini ishg'ol qildi. Bu yashil maydonga ilk qadamlarini qo'yayotgan har bolakayning orzusi, shunday emasmi?

SHuningdek, "Real"ning mag'lub qilinishi Tiraspolning "SHerif" klubi tarixidagi eng yorqin g'alabaga aylandi. Mazkur jamoa hanuzgacha qita grandlarini mag'lub qila bilmagan edi.

Quyidagi jadvalga etibor qilsangiz, tiraspollik muxlislar hayotidagi eng yaxshi kunlarni yashayotgandek taassurot paydo bo'ladi. Mudom kamtarin bo'lib kelgan "SHerif" manmanlikni boshlab yubordi. Jamoa "Inter" (Milan), "Real" (Madrid), "SHaxtyor" (Doneck) bor guruhda etakchilik qilyapti.

SHu o'rinda savol tug'iladi: "SHerif" bunga qadar "Real" darajasidagi klublar bilan to'qnashganmi edi? Yo'q. Moldova klubi ECHL saralashi va Evropa Ligasi bahslarida qarshi chiqqan eng kuchli va nomdor jamoalar turk, rus va niderland jamoalari bo'lgan.

Trispolliklar bunga qadar top-ligalar vakili bilan 2 bor to'qnash kelishgan. Evropa Ligasi kvalifikaciyasida "Marsel" bilan (2012) va musobaqaning guruh bosqichida "Tottenxem" bilan (2013).

Eng qizig'i, ayni paytda "Nasaf" sharafini himoya qilayotgan Marko Stanoevich o'sha yillarda "SHerif"ning etakchisi hisoblanardi.

Bilasizmi, "SHerif" Evropa Ligasi 2013 yilgi mavsumining guruh bosqichida "Anji" bilan ham to'qnash kelgan. 28 noyabr kuni Mahachqalada o'tkazilgan o'yinda jamoalarni Marko Stanoevich va Odil Ahmedov sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edi.

Mezbonlarga atalgan turdan qiziq raqamlar: gol, kartochka...

Muallif :
Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика