Yaxshiboev jamoadoshi endi Jaloliddinov bilan birga o'ynaydi
08 avg 2020 16:32
Yangiliklar
Yaxshiboev jamoadoshi endi Jaloliddinov bilan birga o'ynaydi
"Lokomotiv" muxlislar bilan uchrashuvda "SHaxtyor" (Soligorsk) forvardi Vitaliy Lisakovichning transferini elon qildi.
22 yoshli o'yinchi klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Belaruslik futbolchi "Loko" safida 88-raqam ostida to'p tepadi.
Belarus chempionatida 18ta o'yinda 9ta gol urgan hujumchi Jasur Yaxshiboev to'p tepadigan Soligorskning "SHaxtyor" klubidan tarkibga kelib qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, forvard 2019 yildan buyon Belarus terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar