So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Yaxshi ot haqida Yangiliklar

Yaxshi ot haqida

Teglar :  MOQO'FFPFL
Futbolda faoliyat olib boradigan bir qator shaxslar yoki muayyan klub siyosati, undagi vaziyat, terma jamoalar markazi kabi tuzilmalar ko'p bor tanqid qilinadi.

Yaqin orada ularning faoliyatiga bo'lgan iliq munosabatga juda kam duch keldim. Asosan tanqidiy munosabat ustidan chiqdim.

Tanqidlar beiz ketmoqda deb aytmoqchi emasman, yo'qsa bu sohada faoliyat olib borishning o'zi bir manisiz ish bo'lib qolardi. Biroq tanqidlar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmasligini futbol uchun javobgar shaxslar ham tushunishi kerak. Qaysi manoda?

Mirabror Usmonov O'zbekiston Futbol Federaciyasiga 2006 yildan buyon boshchilik qiladi. 10 yil davomidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tmasam ham, hammasini o'zingiz ko'rib turibsiz. Unga qadar bo'lgan federaciyani bugungisi bilan solishtirib bo'lmaydi - farq er bilan osmon qadar. Ammo tanqidlar kamayib qolgani yo'q. Nega? 

Mana shu Mirabror Usmonov Milliy Olimpiya Qo'mitasi prezidenti etib saylanganiga bor-yo'g'i 3 yil bo'ldi. Bunda tashkilot nafaqat yangi davrga qadam qo'ydi, balki mana shu 3 yil ichida dahshatli natijalarga erishdi. Rio-2016 Olimpiadasiga qadar bo'lgan yutuqlarni birma-bir sanash yarashmaydigan ish. Ammo o'sha Olimpiadada tarixdagi eng yaxshi natija qayd etildi. Sportga qiziqmayman deyishdan charchamaydigan kishilar ham O'zbekiston bayrog'ini AQSH yoki Rossiya kabi qudratli davlatlardan yuqorida ko'rganidan keyin his qilgan kechinmalarini bir umrga eslab qoldi. Ajoyib-a?

Usmonov MOQ tepasiga kelganidan keyin Rioga safar etadigan sportchilar soni 100 nafarni tashkil etishi masalasi kun mavzusiga aylandi. Bu tasavvur qilish ham qiyin bo'lgan ish edi biz uchun. Biroq zamonaviy sport inson tasavvuri biroz kengroq bo'lishi zarar qilmasligini isbotlashdan charchamayapti. Masalan “Lester”ning chempion bo'lishi, O'zbekistonning Olimpiadada 4 ta oltin olishi kimning tushiga kiribdi? To'g'ri, 100 nafar sportchi bilan ishtirok etmadik, biroq bu hafa qilmadi. 104 sportchisini Rioga olib ketib, reytingda O'zbekistondan ortda qolib ketgan Qozog'istonga kimning havasi keldi? Gap sonda emas, sifatda ekani Olimpiada davomida hamma ko'rdi. Buni qozoq nashlarining o'zi ham tan oldi.

Vaholanki 23 nafar futbolchi ham Rioga yo'l olganida, sportchilar soni 93 nafarni tashkil qilishi mumkin edi. Bunga qozoqlar ham, ruslar ham muvaffaq bo'la olmagandi. 100 soni ko'rsatilayotganda ularning ichida futbol termasi alohida o'rin tutgan. Pirovrdida nima bo'ldi? Qolgan sport federaciyalari ishonchni oqladi, futboldan esa bir ish chiqmadi. Barcha sport turlari orasida futbolga hammadan ko'proq etibor berib ham natija chiqmasa-yu, qolgan federaciyalar ozgina turtkidan keyin rekordlarni qalashtirib tashlasa kim qanday xulosaga keladi? Yaxshi otga bir qamchi naqli shu erda bo'y ko'rsatmayaptimi?

Tashkilotga boshchilik qilayotgan kishilar Rio-2016 dan oldinoq medallarning tahminiy soni bo'yicha prognozga ega edi desam ishonasizmi? Biz olamshumul deya qarayotgan natijamizni ular avvaldan tahmin qila olgan, shu narsa aniq deya kafolat bera olmasa ham, bajargan ish hajmi va qolgan sportchilarning imkoniyatidan kelib chiqib prognoz belgilagan va shunga harakat qilgan. Bu o'ziga bo'lgan ishonchning o'zginasi, bu chiroyli ish. 

Futbolga ham mana shunday zamon bilan hamnafas fikrlaydigan yoshlar kerakligini boshqa yo'l bilan tushuntirish qiyin. Usmonov kabi insonlar mayda ishlar bilan shug'ullanmaydi, ular o'zi otaliqqa olgan tashkilotlarni butunlay yangilab, zamonaviy ko'rinishga keltirib qo'yadi. Ammo uni boshqarishga masul kishilar oqsab tursa, bu endi umuman boshqa masala. Oybek Qosimov yoki uning singari odamlar futbolda ham bo'lganida, ortda qolgan 10 yildan keyingi natijalar anchagina boshqacha bo'lardi degan tasavvur bor menda. 

Futbolni boks bilan endi solishtirib bo'lmaydi. Bittagina Olimpiada kimning imkoniyati qanday ekanini butun mamlakatga ko'rsatib qo'ydi. Hech bo'lmaganda futzalga solishtirganda ham farq katta. Futzalga etibor berila boshlaganiga ham ko'p bo'lgani yo'q. Sportning bu turi ommaviylashishda bizdagi eng tezkori degan fikrimga qo'shilsangiz kerak. Natija ko'p kuttirmadi - Jahon CHempionati! Mundialdagi natijalarimiz qoniqarli bo'ladi deb ayta olmayman. Ammo bunda olib borilayotgan ish va reja chindan ham havasimni keltirdi. Evropa chempioni Ispaniya, Osiyo chempioni Eron, so'nggi besh yillikning sara jamoalaridan Portugaliya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Italiya va hokazo. Yig'inmi? Muammo yo'q! Kuchli sparing raqib? Muammo yo'q! Horijdan tajribali murabbiy? Muammo yo'q! Bu narsa futzalga dahshatli pul tikilayotgani bilan o'lchanmaydi, bu uning tepasida shu sohani tushunadigan va qarashlari butun odamlar turganiga ishora qiladi. 

Mana endi tushungandirsiz boks nega olqishlanayotganini yoki futzal nega kam tanqid qilinishini. Bularda ish ideal tarzda yo'lga qo'yilgan deb aytmayman hech qachon. Xato va kamchilik hammada bor. Biroq ular ishini eplayapti. Ammo siz futbol haqida ham shunday deya olasizmi? Men esa yo'q. Unga yangi qon kerak nazarimda... 

Diyor Imomxo'jaev

"Erudit Sport" gazetasi uchun

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика