So’nggi yangiliklar

09:40Аброр Пирриев Ўзбекистон футзал федерацияси тиббиёт департаменти директори этиб тайинланди  0 09:10Расман: "Арал" "Қўқон-1912" футболчиси билан шартнома имзолади  0 08:35"Хоразм" икки нафар легионерни ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 08:10Ангренга катта футбол қайтади  4 07:40"Ал Батеҳ" сафарда "Ал Аин"га мағлуб бўлди. Азиз Ғаниев 85 дақиқа ўйнади  1 03:00Ла Лига. "Реал" ва "Атлетико" ўртасида қизиқарли кечган Мадрид дербиси якунланди  154 02:59Англия кубоги. "Брайтон" иродали тарзда "Челси"ни мағлуб этиб, лондонликларни мусобақадан чиқариб юборди  8 00:48БАА Про лигаси. "Ал Ваҳда" ўз уйида "Хорфаккан"га 3та гол урди, Эркинов захирадан майдонга тушди  2 00:30Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Бешиктош"га мағлуб бўлди, голлардан бири Турғунбоев сабаб белгиланган пенальтидан урилди  2 00:05"Манчестер Сити" 1/16 финал босқичидаги энг чиройли голни ўтказди, Ҳусанов эса дебют голини урди  20 23:59А Серия. Иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Милан" иккита гол урди  4 23:43Хаби Алонсо Бундеслига рекордини такрорлади  0 23:14Туркия. "Сивасспор" Сульшер жамоасига мағлуб бўлди, Турғунбоев 53 дақиқа ўйнади  1 22:46Антони яна энг зўри  4 22:13Назорат ўйини. "Локомотив" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2

Yaxshi niyat (Og'abek Samisov blogi) Yangiliklar

Yaxshi niyat (Og'abek Samisov blogi)

Toshkentga kelishimdan avval televizor orqali poytaxtdagi stadionlarni ko'rib, jurnalistlarning stadiondagi suratlarini tomosha qilib havas qilib o'tirardim.

Men xohlardimki, qachonlardir o'sha erlarda bo'laman va bugungi kunda bo'lyapman ham (bazida erinchoqlik qilib stadionlarga bormayman ham). Aslida, insonning xohishi qanchalik kuchli bo'lsa, unga etishish ham shuncha oson bo'lar ekan. Dryu Xeriot rejissyorligidagi “Sir” filmi menga shunday taassurotlarni bergan. Futbol muxlislari, jurnalistlari, mutaxassislari-yu, futbolchilar, qisqasi o'zbek futboliga oshno barcha mana 30 yildirki Jahon chempionatini orzu qilishmoqda. Ular qattiq xohlashyapti ham, lekin bittagina gol yoki bir ochko bizni mundialdan olib qolmoqda. 

Yillar o'tgan sayin Jahon chempionati ham, Olimpiadaga bo'lgan qiziqish ham so'nib boryapti menda. Har turda kamida ikkita markaziy o'yini bor APL, birgina El-klassiko uchun “Granada”-yu, “Ueska”larning o'yinlari translaciyasini sota oladigan La Liga va o'zi umuman ishni to'g'ri yo'lga qo'ya olgan barcha futbol ommasiga havas qilyapman (bolalar futboli bobida nafaqat bizga, balki boshqa davlatlarga ham yaxshigina dars berishi mumkin bo'lgan Gollandiya, Norvegiya haqida gapirmadim. Nodirxo'ja aka, hormang! Siz bu borada mendan yaxshi bilasiz. Buni tahlil qilishga fikri ojizim etmaydi, deb qo'rqaman). 

“Lokomotiv” – “Bunyodkor” o'yiniga 8 daqiqa kechikdim. Jurnalistlar uchun ajratilgan joyda uchrashuv qaydnomasi va o'yinga atab chiqarilgan programkani o'qib ko'rdim. SHu programkalarni yanada to'liqroq qilib, muxlislarga chipta bilan birgalikda sotish mumkinligini o'ylab qoldim-u, biroq chiptaning o'zi sotilishi yoki yo'qligi xayolga keldi. Toshkent jamoalarning uy o'yinlaridan birortasida chipta sotilganini ko'rmadim. Viloyat klublarida bu narsani qilsa bo'ladi. Biroq xohishlar shu joyda yanada ortadi. TTZdagi stadion mening bir vaqtlar “Sport” telekanalida bir kunda kamida 4 marta aylanadigan “Lokomotiv” stadioni haqidagi lavha orqali bilishimcha, 8000 o'rinli, rekonstrukciya qilinishi aytilgan 30 000 nafardan oshiq muxlisni o'ziga sig'dira oladigan “Paxtakor” va Toshkentning ko'rkiga bir ko'rk qo'shib turgan, anekdotlarga aylangan bizda bor “Bunyodkor”ning 30 000dan oshiq stadioni to'lib-toshishini xohlayman. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi Iroqqa qarshi o'yinini “Bunyodkor”da o'tkazganida uchrashuvdan avval yarmi to'lgan, 2-bo'lim arafasida oq ko'ylak, galstuk taqqan yigitlarning stadion to'ldirishi Namangandagi Ganaga qarshi o'yinchalik muxlis yig'olmayotganidan afsuslanaman (aslida, o'sha yigitlar ham o'zlari kirishgandir, xohlab. Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti hamda Jahon tillari universiteti “Bunyodkor”ga yaqin. Lekin tanishlarim u erda ko'proq qizlar, yigitlar soni esa kamroqligini aytishadi, hay mayli). 

Terma jamoamizning o'yinlarini viloyatlardagi stadionlarga mezbonlikni berishsa muxlislar bilan o'yingoh to'lib-toshishini bilamiz, lekin Toshkentdagi stadionlarchi? Qachon muxlislar poytaxtdagi stadionlarga kelib, 90 daqiqa jamoani qo'llab-quvvatlashadi? Men xohlardimki, Toshkentdagi stadionlarga insonlar chipta sotib olib, maza qilib futbol tomosha qilaman, deb kirishadi, qachondir. Yuqorida aytganim, programka va hokazo narsalar stadion atrofida sotiladi. Muxlislar stadionning chekkasida o'tirib qolibman, kelasi safar 2-3 kun avval chipta sotib olaman, deyishadi. Ha, bu – xomhayol. Hozircha xomxayol. 

Bilasizmi, men nimani niyat qilaman? Koronavirus kabi kasalliklar yo'qolib, O'zi barchamizga (nokamtarlik uchun uzr) sog'lik va umr bersin (bilasizlar-ku, eng katta boylik – sihat-salomatlik; sog' bo'lsak, Fahriddin Ro'ziev orzudagi o'zbek futbolini, SHahboz Beg'amov AGMKning barcha musobaqalarda muvaffaqiyatini, futbol rahbarlari o'zlari istagan marrani zabt etishini ko'radi, menimcha). Oradan biror 10 yillar o'tganda, nafaqat viloyat, balki Toshkentdagi stadionlar bugungidek yarimidan ko'pi bo'sh emas, muxlislar bilan to'la-to'kis bo'lganida, “Championat.asia” arxividan shu maqolani topib, o'qiyman. Va kulaman. Niyatim – o'sha kuni yig'lamay, ahvolimizni yig'lagulik qilmasin. O'sha kuni 10 yil avvalgi maqola menga faqat kulgulidek ko'rinsin! 

Og'abek Samisov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика