Yasper Sillessen: "Agar "Barsa"ga qarshi g'alaba uchun o'ynamasak, unda maydonga chiqmaganimiz yaxshi"
21 okt 2014 13:25
Yangiliklar


Yasper Sillessen: "Agar "Barsa"ga qarshi g'alaba uchun o'ynamasak, unda maydonga chiqmaganimiz yaxshi"
"Ayaks" darvozaboni Yasper Sillessen "Barselona"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvida g'alab qozonmoqchi.
O'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
"Agar maydonga uch ochko maqsadisiz chiqsak, unda o'ynamaganimiz yaxshiroq. Sabrsizlik bilan "Barselona"ga qarshi bahsni kutyapman. Biz Kataloniyaga turist bo'lib kelmadik. Gollandiya terma jamoasi jahon chempionatiga faqat g'alaba uchun kelgandi, ammo ko'pchilik bizni aqldan ozgan deb atashgan" - deydi darvozabon.

Fikrlar