

Ayni paytda Pro liga “V” guruhida qatnashish istagini bildirgan poytaxtimizning “Yashnobod” jamoasi a'zolari yangi mavsum oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichini davom ettirishmoqda. Rejaga ko'ra, yashnobodliklar chempionat va O'zbekiston kubogi uy uchrashuvlarini “Yakkasaroy” sport majmuasida o'tkazadi.
Hozirda jamoa a'zolari Aziz Fayziev rahbarligida kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. Kuni kecha “Yashnobod” futbolchilari Jizzaxning “Zomin” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdilar.
“Chilonzor” sun'iy qoplamali maydonida kechgan qiziqarli bahsda 1:1 hisobida durang qayd etildi. Yashnobodliklardan yagona golga Rustam Azimov mualliflik qildi.




