“Yashnobod” futbolchilari SKIF bilan kuch sinashdi
10 apr 2018 20:01
Yangiliklar


“Yashnobod” futbolchilari SKIF bilan kuch sinashdi
SHu kunlarda Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga bahslariga hozirlik ko'rayotgan tumanimizning “Yashnobod”jamoasi navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi.
Poytaxtimizning Bektemir tumanidagi Gennadiy Krasnickiy nomli stadionda kechgan bu galgi bahsda Toshkent viloyatining SKIF (O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti) futbolchilari yashnobodliklar raqibi bo'ldi.
“Yashnobod” futbol klubi murabbiylar shtabi o'yinning ikki bo'limida ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. SHiddatli va hujumkor o'tgan bahs gollarga boy bo'ldi. Unda yashnobodliklar 5:2 hisobida zafar quchdilar.
Malumot o'rnida aytish kerak, “Yashnobod” jamoasi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini 12 aprel kuni o'tkazadi. “Obod” suniy qoplamali stadionida o'tishi belgilangan mazkur bahsda Sergeli tumanining SFL jamoasi yashnobodliklarga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar