So’nggi yangiliklar

14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  0 13:57Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланмоқда: Ўзбекистон кимлар билан тушади?  0 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  7 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3

“Yashnobod” futbol maktabi qabul elon qiladi Yangiliklar

“Yashnobod” futbol maktabi qabul elon qiladi

Teglar :  Yashnobod
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida “Yashnobod” professional futbol klubiga asos solinganiga hali ko'p vaqt bo'lgani yo'q.

O'tgan yili yashnobodliklar Toshkent shahar chempionati ikkinchi ligasi va “Mustaqillik kubogi — 2018” musobaqalarida munosib qatnashdi.

Ayni chog'da “Yashnobod” jamoasi azolari “V” PRO liganing SHarqiy mintaqasi bahslarida ishtirok etmoqda. SHuningdek, jamoa o'rinbosarlaridan tashkil topgan “Yashnobod-2” vakillari Toshkent shahar chempionati 2-ligasida o'z omadini sinab ko'ryapti.

Etiborlisi, “Yashnobod” professional futbol klubi qoshida bolalar futbol maktabi tashkil etilgan bo'lib, unda beshta yosh (2012 yilda tug'ilganlar va undan katta yosh) guruhida yosh futbolchilar o'z mahoratlarini oshirishmoqda.

Tuman hokimligi va xomiylar tomonidan jamoani qo'llab-quvvatlash, yosh istedodlarni kashf etish uchun zarur choralar ko'rilayotganligi etiborlidir. Hozirda futbol klubi uchun tumanda ikkita (suniy qoplamali va tabiiy chimli) zamonaviy stadion barpo etish ishlari boshlangan.

O'z oldiga bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan “Yashnobod” professional futbol klubi qoshidagi maktablarga “charm to'p” sirlarini o'rganish va o'z istedodlarini namoyish qilish uchun 2012 yilda tug'ilgan va undan katta yoshdagi bolalar va o'smirlar qabulini elon qiladi.

Murojaat uchun telefon — +998998984341.

Bolakaylar tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va sog'ligi haqida shifokor ruxsatnomasi bilan ro'yxatga yoziladilar.

Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringiz orasidan kelajakda Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Odil Ahmedov kabi futbol istedodlari izdoshlari chiqishini istasangiz shoshiling! Yosh guruhlari bo'yicha qabul o'rinlari cheklangan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика