Yashin, Eysebio, Monro. Ranglashtirilgan 40ta oq-qora surat
06 apr 2020 15:00
Yangiliklar
Yashin, Eysebio, Monro. Ranglashtirilgan 40ta oq-qora surat
U rang bergan suratlarni etiboringizga havola qilamiz.
1900. Mo'ylovli Franciya terma jamoasi olimpiya o'yinlarida

1913. Bu Dortmundning "Borussiya" klubi

1913. Sankt-Peterburg hamda Stokgolm o'rtasidagi bahs

1916. Salonikov harbiy bazasidagi futbol

1923. "Bolton" hamda "Aston Villa" o'rtasidagi Angliya Kubogi finali maydondagi muxlislar tufayli 45 daqiqaga to'xtatilgan. O'sha paytdagi rasmiy malumotlarga ko'ra, stadionga 126 ming muxlis tashrif buyurgan, norasmiy malumotlarda 300 000 deyilgan.

1923. Germaniya chempionati finali. "Union" - "Gamburg"

1926. Parijdagi Franciyaga qarshi bahsd oldidan sobiq Sovet terma jamoasi suratga tushmoqda

1930. Gul ko'targan yorqin rangdagi qizlar JCH-1930 yarim finali bahsidan oldin maydonga tushishdi. Yugoslaviya - Urugvay

1930. "Boleyn Graund" muxlislari (shlyapada) bolakayni maydonga yaqin tribunaga olib o'tishmoqda

1934. Turkiyaga qarshi bahs oldidan sobiq Sovet terma jamoasi vakili Nikolay Starostin nutq so'zlamoqda

1934. Niderlandiya terma jamoasi JCH o'yini uchun maydonga tushishmoqda

1938. Braziliya terma jamoasi Franciyadagi JCH tomon yo'lda

1938. "Park de Prens", SHveycariya Germaniyani taslim etdi (4:2). Urushdan oldin o'tkazilgan so'nggi JCH

1938. Gavr, JCH-1938 nimchorak finalida CHexoslovakiya Niderlandiyaga qarshi to'p tepmoqda. Bahs 3:0 hisobida CHexoslovakiyaning g'alabasi bilan tugagan

Yana JCH-1938. Bu Bordo shahri va JCH chorak finali. Yana CHexoslovakiya, biroq bu safar Braziliyaga qarshi. Ushbu to'qnashuvda braziliyaliklarning qo'li baland kelgan

1939. Franciya terma jamoasi

1945. Britaniyalik askarlar Berlindagi Olimiya stadionida

1947. "CHarlton" Angliya Kubogida zafar quchdi

1948. London Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rmoqda

1950. Angliya terma jamoasi ilk bora JCHda

1950. Urugvay "Marakana"dagi buyuk bahsda Braziliyani taslim etgan

1945. "Dinamo" "Stemford Brij"da

1949. "Torpedo" hamda "Neftchi" (Boku) bahsi

1954. "Vulverxempton" Pushkash hamda Kochishning "Gonvedi"ni 3:2 hisobida taslim etdi. O'yindan so'ng inglizlar murabbiyi o'z jamoasini klublar o'rtasidagi jahon chempioni deb atagandi

1955. Bu CHempionlar kubogi (CHempionlar ligasi)dagi ilk o'yin. "Sporting" Lissabonda "Partizan"ni qabul qilmoqda

1957. Nant, JCH-1958 saralash bahsi. Franciya - Islandiya 8:0

1957. Nyu-York, Merilin Monro AQSH hamda Isroil klublari o'rtasidagi turnirni boshlab bermoqda

1958. Billi Rayt va Nikita Simonyan JCH chorak finaliga chiqish uchun kurash oldidan. SSSR jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozongan

1960. Lev Yashin Yugoslaviyaga qarshi Evro-1960 finali oldidan tunnelda

1960. "Park de Prens"dagi final. SSSR terma jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozongan

60 yillar. "Sautgempton" stadionining ko'rinishi

60 yillar. Bu esa Doneckning "SHaxtyor" klubi stadioni

1963. "Milan" ilk marotaba CHempionlar Kubogida zafar quchdi. Sovrinni CHezare Maldini ko'tardi

1966. Eysebio SHimoliy Koreyaga qarshi JCH chorak final bahsidan oldin intervyu bermoqda. Portugaliyaliklar o'sha o'yinda 0:3 hisobida mag'lub bo'lishayotgandi, ammo Eysebio keyin poker qayd etgan

1968. Jorj Best CHempionlar Kubogi yarim finalida "Real"ga urgan golini nishonlamoqda

1969. "Inter" "Roma"ga qarshi

1970. Bobbi Mur va Pele Nyu-Yorkdagi "Vest Xem" hamda "Santos" uchrashuvidan oldin suratga tushishmoqda

1972. "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" uchrashuvi paytida kampirlar maydon chetidan o'tib ketishmoqda

1975. "Milan" CHempionlar Kubogi bahsi uchun Irlandiyaning Atlon shahriga etib keldi

1977. "Vest Xem" darvozaboni Rey Klemens kuchukchani kutib turibdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar