Yaroslav Krushelnickiy "Andijon" safiga qo'shildi
07 jan 2015 18:02
Yangiliklar

Yaroslav Krushelnickiy "Andijon" safiga qo'shildi
Jamoamizning Andijonda olib borayotgan ikkinchi yig'ini qizg'in davom etmoqda.
Bugun mashg'ulotlarning uchinchi kuni o'tmoqda. Qolaversa, tarkibga yangi o'yinchilarning qo'shilishi ham davom etyapti.
Farruh Turdialiev, Eldor Isaboev, Sanjar Asqaraliev, Abdumalik Abdullaev, Iqbol Akramov, Aziz Alijonov, Timur Yafarov, SHukur Jumaboev kabi yangi o'yinchilar mashg'ulotlarda ishtirok etishayotganini xabar qilgandik. Bugun kunning birinchi yarmida Andijonga tajribali himoyachi Yaroslav Krushelnickiy ham etib keldi. O'tgan yili Malayziyada o'ynagan Krushelnickiy uchun “Andijon” begona jamoa emas. Yodingizda bo'lsa, u 2007 yilgi mavsumda ham andijonliklar safida to'p surgan. Mahoratli himoyachi “Andijon”dan tashqari oliy ligada “Akademiya”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Qizilqum” va “SHo'rtan” jamoalarida ham faoliyat olib borgan.
Etiborlisi, “Andijon”da u aynan Edgar Gessning qo'l ostida to'p surgan. Bugun kunning ikkinchi yarmida Krushelnickiy mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshlaydi.

Fikrlar