Yarmolenko va Yaremchuk tandemi Evropa chempionati tarixiga kirdi
17 iyu 2021 19:35
Yangiliklar
Yarmolenko va Yaremchuk tandemi Evropa chempionati tarixiga kirdi
Ayni daqiqalarda Evro-2020 2-turidan o'rin olgan Ukraina – SH.Makedoniya bahsi davom etmoqda.
Uchrashuvda yarim himoyachi Andrey Yarmolenko va hujumchi Roman Yaremchuk raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Bungacha esa ushbu tandem Niderlandiya (2:3)ga qarshi ilk tur o'yinida ham gol urishgandi.
SHu tariqa, Yarmolenko va Yaremchuk Evropa chempionati tarixida musobaqa startidagi ketma-ket ikki o'yinda gol urgan birinchi duetga aylandi.
Fikrlar