Yarmolenko - MYUga qarshi o'yindan keyin: "APLga shikoyat xati bilan chiqaman"
30 sen 2018 10:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/455870_original.jpg)
![](/upload/storage/455870_220.jpg)
Yarmolenko - MYUga qarshi o'yindan keyin: "APLga shikoyat xati bilan chiqaman"
"Vest Xem" yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tushunmayman, nima uchun bu gol meniki emas. APLga shikoyat xati bilan chiqaman (kuladi). Bu biz, jamoa va muxlislarimiz uchun ajoyib kun edi. CHiroyli g'alabadan juda ham xursandmiz. Yaxshi o'yin ko'rsatdik. "CHelsi" bilan bahsga qaraganda bu safar hujumkor futbol namoyish qildik.
Bizda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor. SHuning uchun ham duranglar emas faqatgina g'alabalar haqida o'ylash kerak. Futbol - faqatgina himoyada o'ynaladigan o'yin emas. Biz o'z o'yinimizni rivojlantirishimiz kerak", - dedi ukrainalik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar