Yarmolenko Italiya terma jamoasiga qarshi o'ynamaydi
09 okt 2018 18:14
Yangiliklar
Yarmolenko Italiya terma jamoasiga qarshi o'ynamaydi
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey SHevchenko Italiyaga qarshi bo'ladigan o'rtoqlik bahsi oldidan futbolchilarning holati haqida gapirdi.
"Italiyaga qarshi o'yindan oldin hech qanday ajiotaj yo'q. Biz va raqib uchun bu uchrashuv Millatlar ligasi uchun tayyorgarlik bo'ladi. Agar rasmiy o'yinda maydonga tushsak, hammasi boshqacha bo'lar edi.
Andrey Yarmolenko bu o'yin uchun biz bilan uchyapti, ammo u maydonga tushmaydi. Andreyda mikrotravma bor va navbatdagi kunlarni muammolardan qutilishga sarflaydi. CHexiyaga qarshi bo'ladigan bahsgacha u tayyor bo'ladid deb umid qilaman" - deydi SHevchenko.
Fikrlar