So’nggi yangiliklar

18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2

Yarim asrlik to'yingiz muborak, Dilshod Jo'raalievich! Yangiliklar

Yarim asrlik to'yingiz muborak, Dilshod Jo'raalievich!

Bugun o'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan taniqli bolalar futboli mutaxassisi, tajribali murabbiy Dilshod Nuraliev roppa-rosa 50 yoshga to'ldi.

Bu inson haqida uzoq gapirish mumkin. Akmal SHorahmedov, Vitaliy Denisov, Sanjar Tursunov, Farhod Tojiev, Marat Bikmaev kabi futbolchilarni o'z vaqtida kashf etib, tarbiyalab o'zbek futboliga etkazib berganining o'ziyoq Dilshod Nuralievning qanday toifadagi murabbiy ekanligidan dalolat berib turibdi.

SHuningdek, Dilshod Jo'raalievich O'zbekiston U-16 terma jamoasi bilan birga Osiyo chempioni bo'lgan. Bunga qadar hech bir terma jamoamizga Osiyo chempioni bo'lish baxti nasib etmagandi. Eronning Taxti shahri mezbonlik qilgan qita chempionati Nuraliev jamoasining triumfi bilan yakunlangan edi.  

Yuqorida aytganimizdek, Dilshod Nuraliev haqida ko'p va xo'p gapirish, u kishiga tesha tegmagan tariflarni berish mumkin. Fursatdan foydalanib,  barcha o'zbekistonlik futbol muxlislari, saytimiz o'quvchilari hamda ijodkorlari, shogirdlari nomidan Dilshod Nuralievga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, omad tilab qolamiz. Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, Dilshod Jo'raalievich!

Nodirxo'ja Yuldashev, “Odil Junior” jamoasi boshqaruvchisi 

“Dilshod Nuraliev deganda birinchi galda ko'z oldimizga bolalar murabbiyi keladi. Menimcha, u kishiga aynan shu mavzuda ortiqcha tarif shart emas. SHu sababdan ham Odil Ahmedov bilan birga “Odil Junior” jamoasini ochganimizda, birinchilardan bo'lib Dilshod aka murabbiy sifatida ishga taklif qildik. Ularga 2009 yilgi tarkibni ishonib topshirdik. Nega aynan 2009 yilgi jamoa? Sababi, bu yoshdagi futbolchilar yaqin kelajakda olimpiya   terma jamoasini tashkil etib berishadi. Eng ishongan guruhimiz hamda olimpiya yoshidagi jamoamiz bo'lgani uchun ham Nuralievga ishonch bildirildi. Fidoiylikni qarangki, o'z tug'ilgan kunida ham bolalar bilan birga. Bugun Dilshod aka bilan birga Namangandamiz. Bu erga shuningdek, italiyalik hamkor-murabbiymiz ham kelgan. Turnir bahona bolalarni ko'rikdan o'tkazyapmiz. Nuraliev italiyalik tajribali mutaxassisdan o'rganganlarini mashg'ulotlarda yosh futbolchilarimizga singdirishni boshlab yubordi. SHu fursatdan foydalanib, “Odil Junior” jamoasining mamlakatimizdagi barcha murabbiylari nomidan Dilshod Nuralievni qutlug' yosh bilan muborakbod etaman. Umringiz ziyoda bo'lsin, MAESTRO!”.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика