So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  3 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  5 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

Yarim asr futbol bilan hamnafas Yangiliklar

Yarim asr futbol bilan hamnafas

Bugun 26 iyun kuni “SHo'rtan” Profesiional futbol klubi Bosh direktori Viktor Georgievich Aleshnikov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Butun bir hayotini futbolga bag'ishlagan bu fidoyi inson qutlug' 70 yoshni qarshi oldi. Umrining yarim asrini esa futbol bilan hamnafas yashab kelmoqda.

V.G.Aleshnikov futbolchilik faoliyatini 1969 yili “CHkalovec” (Novosibrsk) da boshladi. 1972-1973 yillarda “Mehnat zaxiralari” (Dushanbe) va 1974-1978 yillarda “Paxtakor-Irrigator” (Jarqo'rg'on) jamoalarida to'p surdi. O'z mehnat faoliyatini murabbiy bo'lib Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi BO'SMda boshlagan. 1977 yilda Respublika “Paxtakor” jamiyati Markaziy Kengashi tomonidan “Eng yaxshi murabbiy” deb topilgan. 1976-1994 yillarda hakamlik sohasida faoliyat yuritgan. 1986 yili Respublika toifasidagi hakam unvoniga sazovor bo'ldi. Gali Imamov, Sardor Najafaliev, Radik Serazitdinov, Konstantin Voronin, Aleksey Pivovarov, Viktor Enns, Bobur Haydarov, Noil Lutfulin, Evgeniy Volnin, Alisher Abdullaev, Rashid Aytekov kabi shu soha vakillari bilan O'zbekiston CHempionati, Kubogi bahslari hamda sobiq Ittifoq CHempionati 2 liga uchrashuvlarini boshqargan.

Professional murabbiy sifatidagi ish faoliyatini 1995 yili Surxondaryoning “SHo'rchi” jamoasida bosh murabbiylikdan boshlagan. Oradan o'tgan yillar davomida u “Surxon” (Termiz) klubini ham boshqardi.

2000 yillardan etiboran esa o'z taqdirini bevosita “SHo'rtan” jamoasi bilan bog'ladi. G'uzorda ko'p yillar bosh murabbiylikdan toki, murabbiy, futbol maktabi direktorligi, klubda avval texnik direktor, keyin esa sport ishlari bo'yicha direktor lavozimlarida fidokorona mehnat qilib keldi. O'tgan yillar davomida Viktor Aleshnikov jonkuyar ustoz sifatida juda ko'plab shogirdlarni tarbiyalab kamolga etkazdi. Bugungi kunda uning shogirdlari jamiyatimizning turli sohalarida faol mehnat qilib, Vatanimiz ravnaqi uchun o'z bilim va ko'nikmalarini qo'shib kelishmoqda. Ulardan bazilari, misol uchun Otabek SHomurodov va Bahodir Annamatovlar futbolda ish olib borishmoqda. Erkin Mirzaev, Botir Rasulovlar esa “SHo'rtan” klubining o'zida samarali mehnat qilishmoqda. Eldor SHomurodov, Sardor Abduraimov kabi futbolchilar esa nomdor klublarda to'p surishmoqda.
Tajribali mutaxassis Viktor Aleshnikov 2018 yilning 23 fevralidan etiboran “SHo'rtan” PFK MCHJga Bosh direktor etib tayinlandi. Masuliyatli lavozimda klub xodimlari va barcha muxlislar nomidan bugungi yubilyarimizga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog'lik, uzoq umr tilab qolamiz. V.Aleshnikov rahbarligida “SHo'rtan” mamlakatimiz futbolidagi o'z mavqei, o'rni va obro'sini yana tiklab olishiga ishonamiz.

Yana bir bor 70 yoshingiz qutlug' bo'lsin deb qolamiz!!!


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика