Yaqinda murabbiylikni boshlagan Edgar Davids "Olyanense"dagi debyutida qizil kartochka oldi
10 jan 2021 23:22
Yangiliklar


Yaqinda murabbiylikni boshlagan Edgar Davids "Olyanense"dagi debyutida qizil kartochka oldi
Futbolchi sifatida "Ayaks", "Milan", "Yuventus", "Barselona", "Inter" singari top-jamoalar sharafini himoya qilgan E. Davids yaqinda "Olyanense" klubi bosh murabbiyiga aylangan edi.
Bugun u "Luzitanu Evora" jamoasiga qarshi (0:0) "Olyanense" boshqaruvidagi birinchi o'yinini o'tkazdi. Portugaliya chempionati 3-divizion jamoalari o'rtasidagi bahs yakunida futbolchilar o'rtasida janjal kelib chiqqan, bunga murabbiylar ham aralashgan. Natijada, Davids qizil kartochka bilan, "Luzitanu Evora" ustozi sariq kartochka bilan jazolangan.
Uchrashuvdan keyin Davids matbuot anjumanida ishtirok etishdan bosh tortgani aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar