Yaqin vaqtlarda De Xea borasida rasmiy xabar beriladi
21 dek 2018 21:58
Yangiliklar
Yaqin vaqtlarda De Xea borasida rasmiy xabar beriladi
Ispaniyalik golkiper David De Xea yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolaydi.
Agarda haftasiga 350 ming funt maosh taklif qilishsa, kiper jamoada qolishga tayyor. Undan tashqari u jamoasi yana yuqori o'rinlarga ko'tarilishi uchun qattiq kurashishga tayyor turibdi.
"Yuventus" va PSJ esa De Xea uchun kurashdan chiqdi. Turinliklar posbon uchun bunchalik maosh to'lay olmaydi. PSJ esa Alfons Areola bilan shartnomasini uzaytirdi.
Oldinroq posbon "Yunayted" bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi. Uning yangi shartnomasi 2026 yilgacha davom etishi kutilmoqda.
Fikrlar