So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Yaqin o'tmish yulduzlari - Oleg SHackix Yangiliklar

Yaqin o'tmish yulduzlari - Oleg SHackix

O'z davrida mamlakatimizning eng zo'r hujumchisi bo'lgan Oleg SHackix 1974 yilning 15 oktyabr sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan.

SHackix futbolchilik faoliyatini 1992 yili Toshkentning "Paxtakor" jamoasida boshlagan. Keyinchalik SHackix Toshkent viloyatining "Politotdel" (keyinchalik "Do'stlik", 1992-1995, 1998, 2003 yillar), "Samarqand-Dinamo" (1999-2001 yillar) klublari sharafini ham himoya qilgan.

1995-1997 yillar davomida Namanganning "Navbahor" jamoasi sharafini himoya qilgan (bu uning futbolchilik faoliyatining eng gullagan davriga to'g'ri keladi). Mamlakatimizning eng kuchli hujumchilaridan biri bo'lgan Oleg "Navbahor" safida 64 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 57 bor nishonga olgan.

SHackix O'zbekiston chempionatining oliy ligasida 123 ta o'yinda maydonga tushgan va 109 ta golga mualliflik qilgan.

Oleg 1996 va 1997 yillar davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol muallifiga aylangan. O'sha paytlarda SHackixga nisbatan "sehrli tayoqcha" iborasi ishlatilardi. Lekin, jarohat mahoratli hujumchini faoliyatini barvaqt yakunlashiga sababchi bo'ldi.

Erishgan yutuqlari:
O'zbekiston chempioni: 1996 yil;
O'zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 1995, 1997 yillar;
O'zbekiston chemponati to'purari: 1995, 1996 yillar;
O'zbekiston kubogi sohibi: 1995 yil;
O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 1995 yil.

Namangan futbol Associaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика