Yaponiyalik futbolchi "Arsenal"ni "Partizan"ga almashtirdi
02 avg 2019 20:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510172_original.jpg)
![](/upload/storage/510172_220.jpg)
Yaponiyalik futbolchi "Arsenal"ni "Partizan"ga almashtirdi
So'nggi 3 yilni u Germaniya jamoalarida ijarada o'tkazgandi.
Yaponiyalik forvard Takuma Asano "Partizan"ga borib qo'shildi. Serbiya jamoasi ushbu transfer uchun London klubiga 1 million evro o'tkazib berdi. Asanoning o'zi yangi jamoasi bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
24 yoshli yaponiyalik 2016 yilda 4 million evro evaziga "Sanfrechche Xirosima"dan transfer qilingandi. O'shanda oradan bir oy o'tib, u "SHtutgart"ga ijaraga berildi. SHundan keyin u "Gannover"da ham shu tariqa mavsumni o'tkazdi. O'tgan mavsumda u Bundesliganing 13 bahsida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar