So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Yaponiya U-20 ustozi: "Bir necha kun oldin "Paxtakor" U-21 bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdik" Yangiliklar

Yaponiya U-20 ustozi: "Bir necha kun oldin "Paxtakor" U-21 bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdik"

Yaponiya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Koiti Togashi Osiyo Kubogi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Yaponiya terma jamoasining turnirdagi maqsadi qanday?

- Maqsadimiz – Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Lekin birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak. Raqiblarimiz ham ancha kuchli, hech kimga oson bo'lmaydi.

- Ushbu tarkib bilan Osiyo Kubogiga qancha vaqt tayyorgarlik ko'rdingiz?

- Turnir oldidan futbolchilar klublarda yig'in o'tkazayotgan edi va shu sabab ularni yig'madik. O'tgan yili saralash musobaqasidan oldin yig'in o'tkazgandik, saralash bosqichidan so'ng esa nazorat uchrashuvlarida ishtirok etib, futbolchilarimizning yaxshi sport formada bo'lishini taminlab turdik. Musobaqaga etarlicha tayyorgarlik ko'rdik.

- Ertaga Xitoy terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoangizdan nima kutmoqdasiz?

- Xitoy terma jamoasi kuchli raqib, guruhimiz ham oson emas, lekin biz reja bo'yicha harakat qilishimiz kerak. Ertaga biz uchun oson uchrashuv bo'lmaydi.

- Qibray sport bazasida mashg'ulot olib boryapsizlar, yaratilgan sharoitlardan qonikdingizmi?

- (kuladi) Qibray sport bazasi "Paxtakor"ga tegishli ekan. Bir necha kun oldin "Paxtakor" U-21 tarkibi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdik. "Paxtakor" yoshlar jamoasida kuchli texnikaga ega o'yinchilar bor ekan, nazorat uchrashuvi uchun ularga minatdorchilik bildiraman.

U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi Yaponiya – Xitoy uchrashuvi ertaga "Jar" stadionida soat 15:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика