Yaponiya terma jamoasi darvozaboni A Seriya klubiga o'tdi
17 iyu 00:10
Yangiliklar
Yaponiya terma jamoasi darvozaboni A Seriya klubiga o'tdi
Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini Italiyaning "Parma" klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Asli ganalik bo'lgan 22 yoshli posbon amerikalik ota va yapon onaning turmush qurishi natijasida dunyoga kelgan. O'tgan mavsumda u Belgiyaning "Sent-Truyden" jamoasida o'ynadi.
SHu tariqa, Suzuki A Seriya tarixidagi yaponiyalik 14-futbolchiga aylandi. Uning shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar