So’nggi yangiliklar

07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  3 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  5 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  8 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  18 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0

"Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreyani nima uchun yutishimiz kerak?" - Sanjar Tursunovdan achchiq haqiqatlar Yangiliklar

"Yaponiya, Qatar, Janubiy Koreyani nima uchun yutishimiz kerak?" - Sanjar Tursunovdan achchiq haqiqatlar

AGMK jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov yaqinda "Ofsayd" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.

Efir davomida Sanjar Tursunov o'zbek futbolidagi bir nechta og'riqli nuqtalar haqida gapirdi. Quyida uning ayrim fikrlarini matnli tarzda etiboringizga havola qilamiz.  

- O'z vaqtida Valeriy Gazzaev boshqargan "Alaniya" jamoasida to'p tepganman. Kuniga 3 mahal mashg'ulot o'tkazilardi. Menimcha u erdagi yig'inni O'zbekistondagi hech bir jamoa qilmagan. Ko'p futbolchilar jismoniy holatini yaxshilash uchun aynan Gazzaevga kelardi. Deylik boshqa klublar 10ta aylana yugursa, "Alaniya"da 100ta aylana yugurardik.

- O'zbekistonda ham shunday mashg'ulot qilsa bo'ladi. Lekin tiklanish yo'q. Fizioterapiya, muz topa olmaylsiz. Vitaminizaciya, mashg'ulotdan keyin beriladigan ichimliklar va hokazo. Umuman olganda nol. Rossiya yoki Evropa klublarida futbolchi keyingi o'yinga tayyor holda etib keladi. Biz esa o'sha yuklama bilan mashg'ulotga kelamiz. Oxiri bu narsa jarohatga olib keladi. SHaroit yaratib berilgandan so'ng talab qilish lozim.

- Yana bir savol. Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Qatarni nima uchun yutishimiz kerak? Tashkilotchilik kuchlimi? Vitaminizaciyamiz kuchlimi? Maydonlarimiz yaxshimi? Nimamiz ulardan ustun? Futbolda 1-2ta o'yinga nastroy qilasiz. Osiyo chempionatida har 3 kunda o'yinlar bo'ladi. Bunday turnirda tez tiklanish, navbatdagi o'yinga  tayyorgarlik ko'rish kerak.  

- O'zbekiston terma jamoasida murabbiyning uslubiga mos kelmagandirman. Balki o'zim kuchsizdirman. Keyinchalik Samvel Babayan, Ektor Kuper boshqardi terma jamoani. Samvel Babayan bilan o'zaro hech qanday ziddiyat bo'lmagan. To'g'risini aytish kerak Samvel Babayanda 11 nafar va 3ta zaxira futbolchisi bo'lardi.  Qolgan futbolchilar ro'yxatni to'ldirish uchun edi. Muxlislar ham buni biladi. Hozir chaqirsa hozir boraman. Hassada bo'lsam, hassada ham etib kelaman.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика