Yaponiya - plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempioni
17 mar 2019 21:25
Yangiliklar


Yaponiya - plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempioni
9-17 mart kunlari Tailandning Pettaya shahrida plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazildi.
15ta jamoa qatnashgan mazkur musobaqada Yaponiya plyaj futboli terma jamoasi finalda BAAni mag'lub etib chempionlikni qo'lga kiritdi. O'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakun topdi. Penaltilar seriyasida esa yaponlar 3:1 hisobida zafar quchishdi.
Osiyo chempionatida qatnashgan jamoalar:
"A" guruhi - Tailand, Afg'oniston, Malayziya, Falastin.
"B" guruhi - BAA, Livan, Xitoy, Qirg'iziston.
"C" guruhi - Yaponiya, Bahrayn, Qatar, Quvayt.
"D" guruhi - Eron, Ummon, Iroq.
Musobaqa yakunida g'olib jamoaga bosh sovrin kubok topshirildi. Musobaqaning "Eng yaxshi futbolchisi" deb yaponlar sardori Ozu Moreyra topildi. U chempionat davomida 9ta gol urib o'z jamoasining chempion bo'lishida munosib hissa qo'shdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar