Yaponiya OAV xodimlari Minori va o'zbek futbolini kuzatish uchun Toshkentga kelishdi
08 iyu 2015 08:51
Yangiliklar


Yaponiya OAV xodimlari Minori va o'zbek futbolini kuzatish uchun Toshkentga kelishdi
Oliy liganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi bellashuvni yaponiyalik jurnalistlar kuzatib borishdi.
Yaponiyaning “Asahi SHimbun” gazetasi muxbirlari Xitoki Nakagava hamda Tatyana Krapivina Sato Minorining faoliyati va o'zbek futboli haqida malumot olish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishgan.
Ular hamyurtlari "Bunyodkor" futbolchisi Sato Minori va o'zbek futbolida bo'layotgan yangiliklar xususida material tayyorlash uchun Toshkentga kelishgan. Xitoki Nakagava va Tatyana Krapivina "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi bellashuvni stadiondan kuzatib borishdi.
Suratda: Tatyana Krapivina

Fikrlar