
Yaponiyaning “Asahi Shimbun” gazetasi muxbirlari Xitoki Nakagava hamda Tatyana Krapivina Sato Minorining faoliyati va o'zbek futboli haqida ma'lumot olish uchun O'zbekistonga tashrif buyurishgan.
Ular hamyurtlari "Bunyodkor" futbolchisi Sato Minori va o'zbek futbolida bo'layotgan yangiliklar xususida material tayyorlash uchun Toshkentga kelishgan. Xitoki Nakagava va Tatyana Krapivina "Bunyodkor" - "Nasaf" o'rtasidagi bellashuvni stadiondan kuzatib borishdi.
Suratda: Tatyana Krapivina