So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Yaponiya jamoasi “Navbahor” bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi Yangiliklar

Yaponiya jamoasi “Navbahor” bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi

Teglar :  Navbahor
"Navbahor" “Vanfore Kofu” klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi.

O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Yaponiyaga birinchi rasmiy tashrifi arafasida Tokioda bo'lib o'tgan O'zbekiston-Yaponiya Biznes Forumi doirasida o'tkazilgan muzokaralar natijasida Namangan viloyati hokimligi hamda Yaponiyaning Yamanashi prefekturasi taniqli futbol klubi – “Vanfore Kofu” o'rtasida hamkorlik aloqasi o'rnatilib, anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumni viloyat hokimining o'rinbosari Okibjon Inamov va “Vanfore Kofu” prezidenti Kazuyuki Umino imzoladilar.

Kelishuvga ko'ra, Yaponiya J2 League futbol divizioni etakchi jamoalaridan biri bo'lgan hamda boy o'tmishi bilan ajratib turuvchi “Vanfore Kofu” hamda Namangan futboli o'rtasida doimiy hamkorlik o'rnatiladi. Yapon klubi yaqin davrda Namanganda o'z futbol maktabini ochadi, ushbu maktabning eng yaxshi tarbiyalanuvchilari “Vanfore Kofu” tarkibiga qo'shilish imkoniga ega bo'lishadi. SHuningdek namanganlik murabbiylar uchun yapon mutaxassislari ishtirokida o'quv seminarlari, master-klasslar tashkil etadi. “Vanfore Kofu” hamda “Navbahor” jamoalari asosiy tarkiblarining o'rtoqlik uchrashuvlari ham doimiylik kasb etadi.

Umino, imzolash marosimidan so'ng O'zbekistondagi telekanallariga bergan intervyusida ushbu kelishuvning yapon futbol klubi nuqtai nazaridan tarixiy voqelik bo'lganini qayd etdi.

Suzuki, Citizen, NNS, Pioneer, Daihatsu kabi Yaponiyaning o'nlab taniqli yirik kompaniyalari homiyligida faoliyat olib borayotgan “Vanfore Kofu” bilan erishilgan bu kelishuv, o'z-o'zidan homiy kompaniyalarning Namangan viloyatiga bo'lgan qiziqishini shakllantirishga hamda kelgusida investiciyalar sohasida hamkorlik uchun zamin yaratadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика