So’nggi yangiliklar

10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  0 10:13"Манчестер Юнайтед" мавсумни катта зарар билан якунлаган. Жамоанинг қарзи ярим миллардга етиб қолди  2 09:35Англия терма жамоасини бошқариш учун асосий номзод маълум  2 09:01"Goal" ЖЧ-2026нинг топ-16 фаворитлари рейтингини тузди  10 08:32Маурисио Почеттинонинг АҚШ термасидаги маоши маълум қилинди  0 07:57ЦСКАнинг етакчиларидан бири жамоани тарк этишга яқин  0 07:30Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  1 00:55Энцо Фернандес иккита қоидабузарлик сабаб автомобил бошқариш ҳуқуқидан маҳрум қилинди  5 00:46“Ал Файҳа” расман Отабек Шукуровни таништирди  7 00:24"Реал" ўз дарвозабони билан шартномани узайтиради  0 23:55Ўзбекистон U-15 терма жамоаси янги бош мураббий қўл остида йиғинга киришди  0 23:29Роналду: "МЮ Лига кубогини ютиши мумкин, аммо ЕЧЛ, Европа Лигаси ёки АПЛ – қийин масала"  21 23:03Илҳом Ҳамроев: "Нидерландия жамоасини ўрганиб чиқдик. Мақсадимиз энг яхши натижамизни такрорлаш ва имкон қадар ўша натижани яхшилаш"  0 22:40“Хоразм” мураббийи Александр Ежов: “Таркибдаги йўқотишлар ва ишонч етишмаётгани мағлубиятга сабаб бўлди”  0 22:30Алексей Естафеев: “Қийин ғалабага эришдик”  0

Yaponiya - Iordaniya: O'yin va o'yin atrofidagi taassurotlar Yangiliklar

Yaponiya - Iordaniya: O'yin va o'yin atrofidagi taassurotlar

Kecha Yaponiya terma jamoasi guruhdagi birinchi o'rinni o'ziniki qilish maqsadida Iordaniya ustidan ishonchli g'alaba qozondi.
Ravshan Ermatov boshqargan uchrashuv shiddatini bir so'z bilan aytib berish qiyin. Bugungi kunda TV rivojlanib ketishi natijasida sekin o'yinlarni ham juda tezkorlik bilan kechayotgandek ko'ramiz. Ammo Yaponiyaning o'yini hech qanday TVsiz ham juda tezkor. Agar bu jamoa biron bir sensaciya bilan keyingi bosqichlarda mag'lubiyatga uchrab qolmasa, qiyinchiliksiz finalga chiqadi.



Keling, bir boshidan boshlasak. O'yin mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanishi kerak edi. Stadion yonginasidagi tennis kortida "Australian Open" musobaqasi boshlangan. Melburn olimpiya shaharchasida kim qaerga ketayotganini bilmaysiz. Kimdir tennisga, yana kimdir futbolga. Kriketga ketayotganlarni ham uchratasiz. Soat 18:00dan boshlab muxlislarning stadionga kirishi boshlandi. Ko'pchilik chiptalarni internetdan harid qilib olgani uchun, kassaga pasport bilan kelsa kifoya. Yoki naqdga olishingiz mumkin. Ammo pasportingiz bo'lmasa chipta ololmaysiz. Bu muammo emas, qo'lingizda "Menga chipta kerak" degan yozuvli qog'oz ushlab tursangiz, chiptafurushlarning o'zi keladi. Bor-yo'g'i, 5 Avstraliya dollari qimmatiga olasiz.



Stadion ichidagi sharoit alo darajada. Musobaqaning timsoli bo'lgan maskot stadionda gir aylanib yuradi. Muxlislar esa istagancha suratga tushishlari mumkin. Bizdan farqli ravishda bu erda sektorlarning pastki qatori qimmatroq sanaladi. Boisi qiziqarli tadbirlar aynan mana shu erda bo'ladi. Undan keyin darvoza ortida o'tiradigan muxlislar uchun alohida shou-tadbirlar bor. Umuman olganda Avstraliyada deyarli barcha sport o'yinlari mana shunday qiziqarli tarzda o'tadi. Mamlakatda bir nechta sport turlari ommaviy bo'lgani uchun muxlislarni o'ziga jalb etish uchun katta marketing raqobatiga guvohi bo'lasiz. Bizdan farqli ravishda xohlasayam shu, xohlamasa ham shu qabilida ish tuting, ikki kunda pattangizni qo'lga tutqazishadi.

O'yin boshlanish arafasida, tunneldan birinchi bo'lib sariq kiyimdagi hamyurtimizni ko'rdik. Ravshan Ermatov qanotdagi yordamchilari Bahodir Qo'chqorov va Abduhamidullo Rasulov bilan jamoalarni maydonga boshlab tushdi.

Yaponiya terma jamoasi tarkibini hech ikkilanmasdan Osiyoning Evropadagi yulduzlari deb atashimiz mumkin. Darvozabon Belgiyada faoliyat olib boradi. Milannning ikkita grand klubi - "Inter" va "Milan" safida bir nafardan futbolchi. Yana 6 nafar futbolchi Germaniyada to'p tepyapti. Angliyada sensaciya qilishdan to'xtamayotgan "Sautgempton" vakili ham shu erda.



Iordaniyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan "evropalik" yaponlar: Kavashima ("Standart"), Sakai ("SHtutgart"), Xasebe ("Ayntraxt"), Xonda ("Milan"), Yoshida ("Sautgempton"), Inui ("Ayntraxt"), Kagava ("Borussiya-D"), Okazaki ("Maync"), Nagatomo ("Inter"), Kiyotake ("Gannover-96").

Barcha Benjaminni gapirayotgan bir paytda hamyurting uchun xavotir olar ekansan. Yo'q, hammasi joyida bo'ldi. Avvaliga Rasulov o'yindan tashqari holatni juda yaxshi aniqlay oldi va Yaponiya terma jamoasi tomonidan kiritilgan golni inobatga olmadi. Ermatovning undan keyingi harakatlarida ham xato ko'rmadik. Bazi vaziyatlarda yaponlar etiroz bilan murojaat qildilar. Ammo, hakamimiz maydonda kim qaror chiqarishini yaxshi tushuntira oldi va Xondaning jamoasi o'zini bosib olishga majbur bo'ldi. Ikkinchi bo'limda Qo'chqorov urilgan golni bekor qildi. Bu vaziyatda ham hech qanday etirozga o'rin yo'q edi.



Birinchi bo'limda Yaponiya Iordaniyani o'z jarima maydonchasi ichiga qamadi. Agar Amir SHafi bo'lmaganida ilk 45 daqiqaning o'zidayoq Iordaniya o'z darvozasidan 3-4ta to'p olib chiqqan bo'lardi. Bu terma jamoaning avvalgi o'yinlari ortda qolgandek go'yo. Qarshi hujumda o'ynadi, ammo to'p tushganda qanday harakat qilishni bilmay qoldilar. Balki yapon himoyachilari bunga qarshilik qilgandirlar. Iordaniya terma jamoasining naqd 14 futbolchisi 1990 va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat. Qariyalar soni bor-yo'g'i to'rt nafar, ulardan uch nafari darvozabon. Bu terma jamoaning kelajagi bor.

O'yin tugadi, birinchi goldagi vaziyatda ham Amir SHafi yaxshi harakat qilgandi, ammo u qaytargan to'p to'g'ri Xondaga borib tushdi. Bunday pallada "Milan" hujumchisi nima qilishni juda yaxshi biladi. Ikkinchi gol esa Kagava tomonidan kiritildi.



O'yin ham tugadi, Iordaniya ortga ketadigan bo'ldi. Ammo jamoa muxlislariga qoyil qolmay ilojingiz yo'q. Garchand terma jamoasi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, avtobus oldiga chiqib olgan iordaniyaliklar qarsaklar bilan futbolchilarni ruhan qo'llab-quvvatladilar. Yaponiyada esa bayram edi, stadion atrofi yapon muxlis va muxlisalari bilan to'lib toshgan. Bizda faqat erkak kishining do'stlari bilan stadionga kelishini ko'rasiz, bu erda 5-6 nafar qizlar ham birgalikda o'yinlarga kelishadi. Futbol ular uchun bayram. Stadionga kelayotgan har bir muxlis kamida 50 dollar atrofidagi pulini u erda qoldirib ketyapti. Kimdir eb ichsa, yana kimdir atributikalarni xarid qiladi. CHiptalar sektoriga qarab 5 dollardan 30 dollargacha. Bu guruh o'yinlariga belgilangan narxlar.



O'yin tugaganidan keyin mikst-zonada ko'z oldingizga keltira olmaysiz, qanchalik odam ko'pligini. Afsuski, bu hududda suratga olish man etiladi, shuningdek, ruxsatnomangiz bo'lmasa video ham ololmaysiz. Matbuot anjumanlarida video chiqmayotganining asosiy sababi ham shunda. Sidneyda biroz ko'ngli bo'sh media-xodimlar ishlagani bois indashmagan ekan, Brisben va Melburnda bu narsalarga ancha jiddiy qarashyapti.

Hozircha shular, ertaga "Australian Open" haqida hikoya qilaman. Bu juda qiziq!

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика