Yaponiya ham "safdan chiqdi", faqat O'zbekiston qoldi
01 jan 2019 14:27
Yangiliklar
Yaponiya ham "safdan chiqdi", faqat O'zbekiston qoldi
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan 24ta jamoaning 22tasi muhim musobaqa oldidan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib bo'lgan edilar.
Faqatgina O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari dekabr oyida bironta o'yin o'tkazmadilar. O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi buni jarohat olmaslik uchun deb izohlagan bo'lsa, Yaponiya nima uchun bunday qarorga kelgani nomalum edi. Ammo yaponlarnig rejasi boshqa ekan.
Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida yozishicha, yaponlar 5 yanvar kuni "Al Vahda" jamoasi bilan o'yin o'tkazadi. BAAliklar shuningdek, 2 yanvar kuni Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.
SHu tariqa O'zbekiston Osiyo Kubogiga qadar bironta o'yin o'tkazmagan yagona MTJ bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
18:11
Jahon chempionati saralash bosqichi. O'zbekiston - KXDR uchrashuvini Ahmad al Kaf boshqarib boradi 23
Fikrlar