Yaponiya bilan o'yinni boshqarayotgan Ahmad al-Kaf haqida
15 iyu 2022 21:45
Yangiliklar
Osiyo kubogining yarim final bahsi start oldi. Kun chiqar yurt vakillariga qarshi bahsni ummonlik Ahmad Abu Bakar al-Kaf boshqaryapti.
Malumot uchun, mazkur referi 2018 yilgi qita kubogining finalida ham ishlagan. O'shanda O'zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan zafar quchib, chempionlikni tantana qilgan edi. (Umid qilamizki, bugungi bahs ham bizning foydamizga hal bo'ladi)
Umuman olganda al-Kaf boshqarayotgan oxirgi o'yinlarda o'zbek jamoalari 3 o'yindan beri yutqazmayapti.
Fikrlar