Yanvar oyida 6ta gol urgan hujumchi A Seriyada oy futbolchisi deb topildi
10 fev 2024 12:15
Yangiliklar
Yanvar oyida 6ta gol urgan hujumchi A Seriyada oy futbolchisi deb topildi
A Seriya matbuot xizmati yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomini elon qildi.
"Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovich ushbu sovrinni egasiga aylandi. Hujumchi yanvar oyidagi 4ta o'yinda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada Vlaxovichdan tashqari Lautaro Martines ("Inter"), Alessandro Buonjorno ("Torino"), Albert Gudmundsson ("Jenoa"), Ruben Loftus-CHik ("Milan") va SHimon Jurkovskiy ("Empoli") nomlari bor edi.
Fikrlar