Yanuzay: "Mourinyu tarkibda mashhur nomlar bo'lishini istagan edi, menga esa imkon berishmadi"
14 noy 2018 14:32
Yangiliklar
Yanuzay: "Mourinyu tarkibda mashhur nomlar bo'lishini istagan edi, menga esa imkon berishmadi"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Adnan Yanuzayning so'zlariga ko'ra, Joze Mourinyu boshqaruvidagi "qizil iblislar" asosiy tarkibidan joy olish uchun unga imkon berishmagan.
2016 yilning avgustida Yanuzay ijara asosida "Manchester Yunayted"dan "Sanderlend"ga o'tadi, bir yil o'tib u Ispaniyaga yo'l oladi.
"Haqiqatdan ham menda imkoniyat bo'lmagan, chunki Mourinyu tarkibda tajribaga ega mashhur nomlar bo'lishini istagan edi. Bu men uchun muammo emas. Hozir Ispaniyada baxtliman. MYUda o'ynab ketish uchun etarli sifatlarga egaman deb o'ylardim. Nimaga qodirligimni bilaman. Ular menga imkoniyat berishmadi, biroq hozir Ispaniyada futboldan rohat olyapman" - deydi Yanuzay.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar