So’nggi yangiliklar

08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  0 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  2 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  8

Yangiyo'l tumanida murabbiylar uchun yangi uslubdagi seminar tashkil qilindi Yangiliklar

Yangiyo'l tumanida murabbiylar uchun yangi uslubdagi seminar tashkil qilindi

Kuni kecha viloyat futbol associaciyasi tashabbusi bilan hududda faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar uchun yangi uslubdagi seminarlar o'tkazildi.

Aytish kerak, associaciya viloyat futboliga innovacion g'oyalar, zamonaviy ish uslubini olib kirishga harakat qilmoqda. Mazkur seminar ham shu maqsadda tashkil qilindi.

Jumladan, seminarlarda ruhshunos olim Orzu Abdurazzoqov “Murabbiylarning yosh futbolchilar bilan ishlashda ruhiy jihatlar roli” mavzusida maruza o'qidi. Ruhshunos o'z maruzasida asosiy urg'uni yosh o'yinchilar bilan ishlashga, muomalaga qaratdi. Aynan shu jihatlar bo'yicha bir qator savollarga javob qaytardi. Seminarlar nafaqat nazariy, balki amaliy ko'rinishda ham o'tkazildi.
 
Sog'lom ovqatlanish sportda, xususan, futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh bolalarning sog'lom, jismonan baquvvat bo'lib o'sishida to'g'ri ovqatlanishning roli juda katta. Albatta bunda murabbiylarning ham xizmati beqiyos. Seminarlarning ikkinchi qismi shu yo'nalishga ataldi. Associaciyaning marketing bo'limi to'g'ri ovqatlanish bo'yicha Evropa tajribasini o'rganib chiqib, Rossiyaning “Argo” firmasi vakili Alisher Xo'jamqulovni “Futbolchilarning o'sishida biomahsulotlar roli” to'g'risida seminar o'tkazishga taklif qildi. Seminar davomida mutaxassis murabbiylarga etarlicha malumot berib, ularning bilimlari yanada oshishiga xizmat qildi.

Seminarlar avvaliga Yangiyo'l tumanida joylashgan viloyat futbol akademiyasida faoliyat ko'rsatayotgan murabbiylar uchun o'tkazilgan bo'lsa, keyin hududlardagi mutaxassislarga tashkil qilindi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика