So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  7 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  27 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Yangilangan "Milan", Rimdagi ikki xil kayfiyat, raqobatni qumsagan "Yuve" (prevyu) Yangiliklar

Yangilangan "Milan", Rimdagi ikki xil kayfiyat, raqobatni qumsagan "Yuve" (prevyu)

Jurnalist SHahboz Beg'amovning Italiya chempionatining yangi mavsumiga atab yozgan prevyusini taqdim etamiz.


Italiyada bugun 38 seriyadan iborat chempionat boshlanadi.

Italyancha serialda yangi mavsumdan boshlab uchta yangi qahramon rol o'ynashni boshlaydi. Ulardan biri A serialidagi eski qahramon - "Verona".
Bu jamoani A serilani tomosha qiladigan tomoshabinlar juda yaxshi bilishadi.
"Verona" yangi mavsumga yangi maqsadlar, kuchli tarkib bilan tashrif buyurmoqda.
Kaseres, Romulo, Paccini, CHerchi singari tajribali futbolchilar bilan Fabio Pekkya A Seriyada munosib ishtirok etishga qodir. Jamoani potenciali ancha yuqori baholanmoqda.

A serialidagi uzoq kutilgan qahramon - "Spal". Bu jamoa A Seriya uchun begona emas va ular debyutant jamoa hisoblanishmaydi. "Spal" uzoq tanaffusdan keyin nihoyat A Seriyagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Bu erda barchaga malum va mashhur Fabio Kapello hamda Massimiliano Allegri ishlagan.  Bu jamoa 1968 yildan buyon A Seriyada o'ynamagan. Jamoaning oxirgi muvaffaqiyatli natijasi bu 1992 yildagi B Seriyadagi ishtirok bo'ladi. SHundan keyin jamoa inqirozga yo'l tutgandi.

Leonardo Semplichi boshchiligida nihoyat "Spal" o'z muxlislariga A Seriya ob-havosini taqdim etmoqda.

48 yillik sog'inch tufayli ham muxlislar va jamoaning ishtiyoqi yanada kuchaygan. SHu boisdan ushbu jamoadan yangi mavsumda yaxshigina xavf kutsa bo'ladi. "Spal" A Seriyaga juda qiyinchilik balan etib keldi va osonlikcha endi bu erni tark etmasa kerak.

A Seriya uchun yangi qiyofa - "Benevento". A seriali uchun bu jamoa debyutant sanaladi.
1929 yilda tashkil qilingan ushbu klub uchun A Seriya havosidan nafas olishni kutish ancha cho'zilib ketgandi. Marko Baroni nihoyat muxlislarga ushbu quvonchni taqdim etdi. Bu jamoadan Italiyada yangi mavsumda o'ziga xos syurpriz kutishmoqda.


O'tgan mavsumda "Krotone"ni A Seriyada olib qolgan murabbiy Davide Nikola bilan juda qiziq voqea ruy berdi.
Nikola o'tgan mavsumda agarda jamoani A Seriyaga olib qololsa, unda velisopedda Krotonedan o'zining ona shahri Turinga borishini vada beradi. Yakunda esa "Krotone" A Seriyada qoldi va Nikola ham mardlardek o'z so'zini ustidan chiqadi.
Davide Nikola 9 kun ichida velisopedda 1300 kmni bosib o'tadi va vadasini bajaradi.

Nikola uchun jamoani A Seriyada olib qolish va keyin vadasini bajarish ham juda qiyinchilik tug'diradi. Lekin Nikola ushbu qiyinchiliklarni mardonavor tarzda engib o'tdi va barchasini aelo darajada bajardi.
Davide Nikola shundan keyin Italiya matbuotidagi eng mashhur shaxslardan biriga aylandi.


Katta o'zgarishlarni amalga oshirgan va nihoyat qator muvaffaqiyatsiz mavsumlarga yangi yilda nuqta qo'yishi kutilayotgan "Milan"dan ko'pchilikning umidi katta. Xitoylik investorlar Milan jamoalariga juda katta pul tikishmoqda. Jamoa o'zining shonli davrini yana qayta tiklash uchun transfer bozorida juda faol bo'ldi. Jamoaning eng yirik xaridi bu so'zsiz "Yuventus"ning etakchi futbolchisi va jahonning eng yaxshi himoyachilaridan biri Leonardo Bonuchchi. Bu transfer katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Muhimi, "Milan"ning yangi sardoriga aylangan Bonuchchi jamoani katta muvaffaqiyatlarga etaklashi kerak.
Bundan tashqari CHalhanoglu, Silva, Rodrigez, Kessei kabi yaxshi xaridlar amalga oshirildi.

Yangi "Milan"ni Montella yangi mavsumdan darxol chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylantira olishi birmuncha qiyin ish. Yangi jamoa o'zini tutib olishi va jamoa shakllanib olishi uchun baribir vaqt talab etiladi.
Jamoaning minimum vazifasi bu yangi mavsumda ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat.


"Milan"ning qo'shnisi va azaliy raqibi "Inter" transfer bozorida yon "qo'shnilari" kabi faol bo'lishmadi. Ammo jamoani tajribali va muhimi Italiya futboli bilimdoni Luchano Spaletti qo'lga oldi. Bu "Inter"ning eng katta yutug'i.
Aynan ushbu o'z ishining ustasi sanalgan Spaletti "Inter"ni ham "Milan" kabi o'zini tutib ololmayotgan bir paytda kelishi va jamoani eski madhiyasini qaytarishga yordam berishi aniq.
Ko'pchilik "Milan" qaytmoqda, tarkib jihatdan ham kuchaydi, deyayotgan bir paytda "Inter" yaxshi rejissyor Spaletti bilan undan ham muvaffaqiyatli mavsumni o'tkazishi mumkin.
CHunki "Inter"da tarkib keskin o'zgarmadi va o'zag saqlanib qoldi. Spaletti esa nisbatan ancha moslashgan tarkib bilan katta natijalarni qayd eta oladigan malakali mutaxassis. "Inter"ning yangi mavsumdagi eng katta "tuzi" - murabbiy bo'ladi.


"Roma" uchun yangi mavsum juda qiyin bo'ladi. Qaysi jihatdanki, jamoani Rim imperatori Tottisiz o'tadigan ilk mavsumi bo'ladi. Kiyinish xonasidagi haqiqiy etakchi, jamoaning motivatori Franchesko Tottini ketganiga hali ham ko'pchilik ishongisi kelmayapti. Bu yilgi "Roma" chinakamiga yangi va boshqacha "Roma" bo'ladi.
Endilikda jamoani haqiqiy etakchisi va sardori De Rossi bo'ladi.
"Roma" uchun yana bir yo'qotish bu tajribali mutaxassis Luchano Spaletti bo'ladi.
Uning o'rni Eusebio Di Franchesko bilan to'ldirildi. Ushbu murabbiy yangi jamoasi bilan yangi mavsumda qanday natija qayd etishini vaqt ko'rsatadi.

"Roma" uchun yangi mavsumda kelishdan ham ko'ra yo'qotishlar ko'p bo'ldi. Yana bir jamoa uchun sezilarli yo'qotish bu jamoaning etakchi azosi Salaxning ketishi.
Ushbu kemtiklarni qanday qoplash Di Francheskoga ko'plab bosh og'riqliklar taqdim etadi.
Rimda esa "Roma"dan kamida sovrinli o'rinlar va ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritishni kutishadi.
Yangi mavsumdagi "Roma"ni kuzatish ancha qiziq bo'ladi.



Rimda hozir ikki xil kayfiyat hukmron. "Roma" muxlislari bir qator yo'qotishlardan ranjib turishibdi. "Lacio"ning ishqibozlari yuzida esa tabassum. Jamoa nafaqat o'yin jihatidan, balki natija borasida ham maqtana oladi. Simone Inzagi Rimda ajoyib jamoani shakllantirmoqda. "Lacio" uchun yangi mavsum ancha ko'tarinki ruhda boshlandi. Rimliklar Italiya superkubogi uchun bahsda "Yuventus"ni juda chiroyli va irodali tarzda mag'lubiyatga uchratishdi.
Bu sovrin jamoaga yanada ishonch va ilhom bag'ishlaydi. Inzagi futbolchilik davrida akasining soyasida qolib ketgan bo'lsa, murabbiy sifatida Filippodan ko'ra samarali ishlamoqda. "Lacio" yangi mavsumda "Napoli", "Yuventus", "Milan", "Inter" va "Roma"ga jiddiy raqobat tug'diradi.

CHempionlik uchun "Yuventus"ning asosiy raqobatchisi bu so'zsiz "Napoli" jamoasi bo'ladi.
Mauricio Sarri Neapolda mustahkam jamoani tuzmoqda. Jamoa o'tgan yili ancha sayqallandi va bu yilga kelib yanada xavfliroq ko'rinish olsa ajab emas.
O'tgan yili mavsumni uda ko'tarinki ruhda boshlagan "Napoli"ga mavsumning ikkinchi qismida barqarorlik etishmagandi. Bu yili esa o'tgan yilgi kamchiliklardan to'g'ri xulosa qilinsa, Sarri "Napoli"ni chempionlik uchun bemalol kurashtira oladi.

Bunga jamoani salohiyati va imkoniyati etarli. Tarkibda bir qator tajribali va malakali ijrochilar etarli. Gamshik, Insine, Mertens, Milik singari futbolchilar hujumda har qanday raqibni qiynab qo'yishga qodir. Himoyada esa Kulibali boshchiligida futbolchilar ancha tartibli o'ynashadi.
Muhimi, jamoa butun mavsumni bir xil tekisda o'tkaza olsa va jismonan uchta frontda kurashish uchun tayyor bo'lsa, "Napoli" "Yuventus"ga etarlicha raqobat tug'dirishi aniq.


CHempionlik uchun kurashadigan va bu kurashda asosiy favorit sanaladigan jamoaning nomi aniq. Italiyada ketma-ket oltinchi yildirki tojni hech kimga bermay kelayotgan "Yuventus" bu mavsumda ham chempionlikni himoya qiladi.

Jamoa yozgi transfer bozorida Bonuchchidan tashqari boshqa jiddiy yo'qotishlarga duch kelmadi. Bonuchchining ketishi himoyadagi tekislikni biroz o'zgartirishi aniq. Leo jamoaning himoyadagi haqiqiy qurg'oni va miyasi edi. Ammo endilikda ushbu funkciya boshqa futbolchi zimmasiga o'tadi va bu narsa izga tushishi uchun biroz vaqt talab etilishi tabiiy. Rugani kelajakda Bonuchchi kabi jamoaning himoyadagi asosiy qurg'oniga aylanishi aniq. Dani Alvesh o'rniga "Milan"dan De SHilo taklif etildi. "Bavariya"dan Benatiyaning transfer huquqi to'liq sotib olindi va Duglas Kosta ijaraga olindi.

Markazda nihoyat yangi futbolchi keldi. Kuni kecha Matyuidining transferi hal etildi.
Italiya futbolining kelajagi sifatida qaralayotgan Bernardeski sotib olingani "Yuventus" ishqibozlarini xursand etdi.
Muhimi, Dibala jamoada qoldi va kamiga "Yuve" uchun alohida ahamiyat kasb etadigan Del Peroning 10-raqamini o'z zimmasiga olishga rozi bo'ldi.
Dibalaga 10-raqam yanada katta masuliyat yuklaydi.

Yangi mavsumda "Yuventus"ga chempionlik uchun jiddiy raqobat kerak. Bu Allegri jamoasining foydasiga ishlaydi. Raqobatsiz chempionlikka erishish "Yuventus" uchun ham zararga ishlashi aniq. SHu nuqtai nazardan, "Yuventus"ning o'zi ham jiddiy raqobatni istamoqda va kuchli raqobatdagi g'alaba tami yanada shirinroq, mazaliroq bo'ladi.


Italiyada yangi mavsum seriali qiziq va dramatik tarzda o'tishi kutilmoqda.

Butkul yangilangan "Milan", taktik kuchli jamoaga aylanayotgan "Inter", Sarri charxlayotgan "Napoli" va raqobatni sog'ingan "Yuventus"ni ko'rish qiziq bo'ladi.

Italiya serialini "Sport" kanalida kuzatishda davom eting.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика