So’nggi yangiliklar

22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  17 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  6 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  5 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  2 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  17 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  9 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  12

Yangilangan "drenaj" tizimi va "proshivka" -tamirlash ishlari olib borilayotgan “Bunyodkor” stadionidan reportaj Yangiliklar

Yangilangan "drenaj" tizimi va "proshivka" -tamirlash ishlari olib borilayotgan “Bunyodkor” stadionidan reportaj

Teglar :  Bunyodkor
“Bunyodkor” futbol klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasining uy o'yingohi hisoblangan “Bunyodkor” stadionida iyul oyidan buyon tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Maydon nisbatan chuqurlikda joylashgani uning havo aylanish tizimiga salbiy tasir qilgan. Bir necha  marta amalga oshirilgan qayta tamirlash ishlari ijobiy natija bermagani ham hech kimga sir emas. Albatta “Bunyodkor”dek muhtasham stadionga bu kabi holatlar yarashmaydi. SHu yilning yoz faslida “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullaevning topshirig'iga ko'ra, ishchi guruh tuzilib, stadionni qayta tamirlash bo'yicha reja ishlab chiqildi va iyul oyidan ishlar boshlab yuborildi.

Dastlab, maydonning eski chimi, tuprog'i va foydalanishga yaroqsiz holatga kelib ulgurgan “drenaj” tizimi uskunalari olib tashlandi. So'ng bir metr balandlikda yangi tuproq to'kib chiqildi. SHu tariqa asli chuqurlikda joylashgan maydon bir metr balandlikka ko'tarildi. Ammo bu hali hammasi emas. Tuproqdan keyin maydonning “drenaj” tizimi to'liq yangilandi hamda ikki xil o'lchamdagi “shheben” toshlari to'kildi. Toshlar to'kilgach endi CHinozning mahalliy mayin qumlari “shheben”lar ustidan joy oldi. Bu o'z-o'zidan maydon asl holatidan deyarli ikki metr balandlikka ko'tarilganini anglatadi. Asosiysi shuki, endi maydonda havo aylanish tizimi yaxshilanadi va o'z-o'zidan bu chimning rivojlanishiga ijobiy tasir qiladi. Qolaversa, o'yinchilar ham uchrashuv vaqtida nafas olish muammolariga duch kelmaydi.

Bugun maydonning qayta tamirlash ishlari yangi bosqichga o'tdi. Muxlislar kutayotgan yangilik: “Bunyodkor” maydoniga chim yotqizila boshlandi. “Kentuki” urug'idan ekilib yurtimizda etishtirilgan chim mahalliy iqlimga to'liq mos. Bugundan boshlangan chim yotqizish ishlari tez kunlarda yakunlanadi. So'ng chim qish faslida to'liq parvarishlanadi. Ishqibozlarni xursand qiladigan yana bir yangilikni aytib o'tmasak bo'lmaydi. Ishchi guruhning rejasiga ko'ra, O'zbekiston stadionlarida ilk bor aynan “Bunyodkor”da “proshivka” tizimidan foydalaniladi. “Proshivka” tizimi nima degan savolga javob javob berib o'tsak. CHimning tomir qismi suniy iplarga bog'lab chiqiladi. Futbolchi “podkat”ni amalga oshirsa yoki darvozani ishg'ol qilganidan so'ng tizzasini chimga qo'yib sirpanish bilan xursandchilik qilsa chimning joyidan ko'chib ketishi kuzatilmaydi. Takidlaganimizdek, “proshivka” tizimi O'zbekistonning hech bir maydonida yo'q, hatto Markaziy Osiyodagi stadionlarda ham juda kam foydalanilgan.

“Bunyodkor” stadioni foydalanishga topshirilganidan so'ng amalga oshirilgan qayta tamirlash ishlarini asosan xorijlik mutaxassislar olib borgan, natijasi esa barchaga malum. SHu kunlarda amalga oshirilayotgan qayta tamirlash ishlari mahalliy mutaxassislarga ishonib topshirilgan. Ular shu kunga qadar Qarshidagi “Markaziy”, Toshkentdagi “Jar” va Buxorodagi “Buxoro” stadionlarini hozirgi holatiga etib kelishida mehnat qilishgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика