Yangilanayotgan “Zomin” markaziy o'yingohidan eksklyuziv fotogalereya
12 may 2020 15:03
Yangiliklar


Yangilanayotgan “Zomin” markaziy o'yingohidan eksklyuziv fotogalereya
Xabaringiz bor, bu yilgi mavsumda PRO-Liga musobaqalarida Jizzax viloyati, Zomin tumanining “Zomin” jamoasi ham ishtirok etadi.
Joriy yildan boshlab, PRO-Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan “Zomin” jamoasining asosiy o'yinlar o'tadigan “Zomin markaziy o'yingohi” zamonaviy yangi qiyofaga keltirildi. O'yingoh 2019 yilning yanvar oyidan boshlab, qaytadan kapital-rekonstrukciya qilindi. O'yingoh bilan birgalikda jamoaga yangidan futbolchilar uchun baza qurildi.Hozirgi vaqtda o'yingohning so'ngi pardozlash ishlari olib borilmoqda. O'yingoh yangi mavsum boshlangunicha to'liq tayyor bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, “Zomin” jamoasi 2019 yilgi mavsumda barcha uy uchrashuvlarini Sirdaryo viloyati, Yangier shaxridagi “Yangier o'yingohi”da o'tkazib, musobaqa yakuniga ko'ra guruhda 1-o'rinni egallagan edi.
“Zomin” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 4

Fikrlar