So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Yangibozorda “Ustozlar” va “SHogirdlar” uchrashishdi Yangiliklar

Yangibozorda “Ustozlar” va “SHogirdlar” uchrashishdi

Yangibozor tumanidagi 9-son futbol bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatida bir necha yildan buyon davom etib kelayotgan anana bor.
Ochig'i, ushbu dargohda oxirgi qo'ng'iroq yangrashi arafasida murabbiy va o'qituvchilardan iborat bo'lgan hamda 9-sinf bitiruvchilaridan tashkil topgan jamoalar o'rtasida futbol uchrashuvi o'tkaziladi. Bo'lg'usi sobiq tarbiyalanuvchilarning kelgusida maktab-internati va u erda o'tgan damlarini iliq taassurotlar bilan eslab yurishlari va ustozlariga hurmat-ehtirom ramzi sifatida o'tkazilayotgan bu tadbir o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Yangibozor tumani xokimligi, prokuraturasi va mazkur talim muassasasi hamkorligida tuman o'yingohida uyushtirilgan navbatdagi uchrashuv ham har galgidek juda qiziqarli o'tdi. Unda “Ustozlar” ham, “SHogirdlar” ham munosib o'yin namoyish qilishdi. Bilim maskanini tugatayotgan yoshlar har qancha urinishmasin, “Ustozlar”iga bas kela bilishmadi. Natijada, ular 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuv yakunlangach, ikkala jamoa  markaziy minbar oldiga saf tortishdi. 9-son futbol bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati direktori Xamrobek Bektemirov, Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Otajonov, “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonovlar ushbu o'yinning yoshlar hayotidagi ahamiyati va mohiyati haqida to'xtalishib, bitiruvchilarning keyingi o'qishlarida omadlar tilashdi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика