So’nggi yangiliklar

09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  1 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  4 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  3 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  1 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  6 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  14

Yangi yilda legionerga aylanishi kutilayotgan o'zbekistonlik futbolchilar. Masharipov, Turg'unboev... Yangiliklar

Yangi yilda legionerga aylanishi kutilayotgan o'zbekistonlik futbolchilar. Masharipov, Turg'unboev...

Har mavsum yakunlangach chempionatimizda to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchilarga turli xorij jamoalaridan chorlovlar tushishi odatiy holga aylangan.

Bu yil davomida bir qator futbolchilarimizga xorijdan qo'ng'iroqlar bo'lgani rost, ayrimlari mish-mish bo'lsa, yana ayrimlari haqiqatga yaqin. Demak, quyida navbatdagi mavsumni chet el klublarida davom ettirish ehtimoli bor bo'lgan o'yinchilarni ko'rib chiqamiz.


Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - Futbolchilar orasida mana bir necha yildirki eng ko'p taklif olayotganlardan biri shubhasiz Jaloliddin Masharipovdir. Deyarli har yili ushbu futbolchida xorijga ketish imkoniyati paydo bo'ladi, turli chempionatlardan chorlovlar keladi. Lekin malum bir sabablarga ko'ra bu amalga oshmay kelmoqda. Bunga sabab sifatida Masharipovning transfer narxi yuqoriligini keltirishimiz mumkin. Aynan shu omil hisobiga qiziqish bildirgan klublar yakunda qarorini o'zgartirmoqda. Joriy mavsum o'rtasida dastlab Turkiyaning "Trobzonspor" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo SHota Arveladze aksariyat matbuot anjumanlarida bu mish-mishdan boshqa narsa emasligini takidlab o'tdi. Sentyabr oyida yani "Paxtakor" Qatardagi markazlashgan OCHLda ishtirok etayotgan pallada mahalliy "Qatar SK" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligini bildirdi. Hattoki, Xavi murabbiyligidagi "Al Sadd" ham Masharipovni harid qilishi mumkinligi borasida gaplar bolaladi. Garchi bularning hech biri amalga oshmagan bo'lsada, keyingi mavsumda yarim himoyachini biror xorij jamoasida ko'rishimiz tobora haqiqatga aylanib bormoqda. Bilishimizga qaraganda Saudiya Arabistoning "Al Nasr" klubi jiddiy va rasmiy taklif yuborgan. Futbolchining o'zi esa "Paxtakor"dan har tomonlama kuchli bo'lgan jamoaga o'tishini saytimizga malum qilgan edi. 

Jaloliddin Masharipov 2021 yilda legionerga aylanadimi? Uning o'zi javob berdi


Ibrohimhalil Yo'ldoshev ("Bunyodkor") - Aslida huquqiy jihatdan "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev bu yil "Bunyodkor"da tezda ko'zga tashlandi, aksariyat uchrashuvlarda asosiy tarkibda harakat qildi va o'zining kuchli jihatlarini ko'rsata oldi. Iqtidorli va yosh himoyachiga ishonch bildirishdan qo'rqmagan Vadim Abramov uni milliy terma jamoaga ham jalb qildi va imkoniyat berdi. Xalqaro o'yinlarda futbolchi skautlar etiboriga yanada yaxshiroq tushishi sir emas. Bundan bir necha oy oldin futbolchimiz Rossiyaning "Ximki" klubi qiziqishlari doirasiga tushgani borasida xabar bergandik. Bu haqda FM Sports Agency asoschisi va boshqaruvchisi Aleksandr Manyakov shunday degandi

"Bunyodkor"ning juda ajoyib chap qanot himoyachisi bor - Ibrohimhalil Yo'ldoshev. U "Paxtakor"ga tegishli, 19 yoshda va allaqachon O'zbekiston terma jamoasiga jalb qilingan. Men "Ximki" rahbarlari bilan bu yigitchaning jamoaga kelishi borasida deyarli kelishib olgan edim. "Paxtakor" Yo'ldoshevni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan "Ximki"ga ijaraga berishga tayyor edi. Barchasi yangi rahbariyat va yangi murabbiyning kelishi bilan barbod bo'ldi. Transferni keyinga qoldirish kerak edi. Afsuski, bitim amalga oshmadi", - deb yozgandi Manyakov o'zining telegramdagi sahifasida. 

Bu transfer muvaffaqiyatli yakun topmadi. SHunga qaramay tezkor futbolchining oldida yana qator takliflar mavjud. Hususan Ukraina chempionatidan Yo'ldoshevga takliflar bor. Uning transferi bo'yia bir vaqtning o'zida Favbet Liga(Ukraina birinchi ligasi)ning 4 klubi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu malumotni agent Nikita SHvec tasdiqladi.

"Ha, men haqiqatan ushbu futbolchining Ukrainadagi eksklyuziv vakiliman. Rostan ham muzokaralar olib borilayotganini va unga Favbet Liga klublaridan katta qiziqish borligini tasdiqlayman. Uning Ukrainada paydo bo'lish ehtimoli ancha yuqori deb o'ylayman. Qaysi klublar? Hozircha buni aytolmayman. Ammo shuni takidlaymanki, ular yuqori o'nlikdagi jamoalar", – deydi SHvec. Futbolchi esa takliflar bo'layotganini lekin yuz foiz aniq emasligini saytimizga bildirdi.


Aziz Turg'unboev ("Navbahor") - Tezkor dribling va texnikaga ega bo'lgan Aziz Turg'unboev Ilhom Mo'minjonov boshqaruvida o'zining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatgandi. Aslida o'sha vaqtdayoq xorijga ketishi kutilgan Turg'unboev nima uchundir o'shanda "Paxtakor"ni tanladi. Biroq, turli mojarolar sabab futbolchi diskvalifikaciyaga uchradi. SHundan so'ng avvalgi sport formasiga qaytishga uringan Aziz Turg'unboev keyingi mavsumni ehtimol xorijda boshlashi mumkin. Uning ketishi "Navbahor" uchun katta yo'qotish hisoblanmaydi. Boisi Namangan iqtidorlar makoni, klub o'rinbosarlar jamoasida imkoniyatini kutayotgan yoshlar etarlicha topiladi. 

Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov mavsum o'rtasida o'tkazgan yig'ilishida bu haqida shunday degandi: "Strategiyani o'zgartiramiz. Ko'p pul sarflab o'rta pog'onada yurgandan ko'ra kam pul sarflab o'zimiz iqtidorlarni kashf qilishimiz kerak. Kelajakka ishlashimiz kerak.  Aziz Turg'unboevni uch yil ushlab o'tirdik. Oston chetga ketdi, SHomurodov "Jenoa"ga o'tdi. Nima uchun Azizni chiqarmadik? Befoyda ushlab o'tirdik, bu yil kubok olamiz, bu yil chempion bo'lamiz deb".  Demak, bundan bilsa bo'ladiki agar Turg'unboevga xorijdan taklif bo'ladigan bo'lsa "Navbahor" qarshilik ko'rsatmasa kerak.


Igor Sergeev ("Paxtakor") - Igor Sergeevga legioner maqomida to'p tepish begona emas. U o'z vaqtida Xitoyning "Beyjing Goan" va BAAning "Al Dafra" klubida to'p tepgan, qaysidir manoda xorijda o'ynash ko'nikmasi bor. Oxirgi ikki mavsumni ajoyib o'tkazgan va ko'plab gollar urgan hujumchi o'zini xorijda sinab ko'rish istagida. SHota Arveladze murabbiyligida avvalgi darajasiga qaytgan va o'sishga erishgan Sergeevga Janubiy Koreyaning Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olgan klubidan biri jiddiy qiziqmoqda. SHuningdek Tailandning "Buriram Yunayted" klubidan aniq taklif bor. Lekin u qaysi chempionatni tanlaydi buni vaqt ko'rsatadi. SHunisi aniqki, Igor hozirda ajoyib sport formasida va chetga ketish uchun ayni paytidir. 


Islom Qobilov ("Bunyodkor") - Toshkentning "Bunyodkor" klubi yana bir "qaldirg'och"ni xorijga uchirish arafasida turibdi. Ikki mavsumdan beri jamoaning asosiy markaziy himoyachisi sifatida o'ynayotgan Islom Qobilovning kelayotgan yangi yilda Janubiy Koreya klubida paydo bo'lish ehtimoli mavjud. Har holda eshitishimizga qaraganda u Koreyaning bir nechta klublaridan chorlovlar qabul qilgan. 1 yanvardan etiboran erkin agent maqomini oladigan futbolchiga xorij jamoalaridan tashqari o'zimizning "Lokomotiv" klubidan ham taklif bo'lgan. Agarda Qobilovning xorijga transferi ijobiy yakun topmasa faoliyatini "Lokomotiv" klubida davom ettirishi mumkin. 


Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика