So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

Yangi Terri, MYUning kelajagi va boshqalar. Ushbu mavsumda APLni “yondirishi” mumkin bo'lgan 11 ta bolakay Yangiliklar

Yangi Terri, MYUning kelajagi va boshqalar. Ushbu mavsumda APLni “yondirishi” mumkin bo'lgan 11 ta bolakay

APLning yangi mavsumi ham boshlandi. Jamoalar katta pullar sarf qilmoqda va ko'plab yulduzlarni olib kelmoqda.

Ular orasida bir qator yosh va iqtidorli futbolchilar ham bor. Biz esa ushbu mavsumda o'zini ko'rsatishi mumkin bo'lgan yosh futbolchilar haqida fikr bildirib o'tamiz.

Bart Verbryuggen, 20 yosh, darvozabon, “Brayton”

“Brayton” yozda asosiy darvozaboni bo'lib kelgan Robert Sanchesni “CHelsi”ga sotdi va uning o'rniga “Anderlext”dan 20 million evro evaziga Bart Verbryuggen sotib oldi. Niderlandiyalik o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazdi va yozda bo'lib o'tgan U-21 Evropa chempionatida jamoaning asosiy darvozaboni bo'ldi. Yosh darvozabon jamoasida birinchi raqamli bo'lish uchun Jeyson Stil bilan raqobat qilishi lozim. Bart oyoqda juda yaxshi o'ynaydi va “Brayton”ning hozirgi murabbiyining o'yin uslubiga ideal tushadi.

Milosh Kerkez, 19 yosh, chap qanot himoyachisi, “Bornmut”

“Yaqin besh yil ichida Angliya yoki Ispaniyada o'ynashni orzu qilaman”, — deb fikr bildirgan Milosh o'tgan yozda. Yozda Milosh Kerkez «Lacio»ga o'tishi haqida gap so'zlar yurdi. Biroq futbolchi bir yil ichida orzusiga etdi va Angliyada o'ynash imkoniga ega bo'ldi. “Bornmut” himoyachini “Roma”dan sotib oldi va unga Angliyada o'ynash imkonini yaratdi. Milosh APLning birinchi turida to'liq o'ynadi va Who Scored tomonidan 6.9 ball oldi (jamoadagi to'rtinchi ko'rsatkich). Debyut uchun yomon emas.

Destini Udodji, 20 yosh, chap qanot himoyachisi, “Tottenxem”

London jamoasi italiyalikni o'tgan yili sotib olgandi va yana bir yil “Udineze”da qoldirishga qaror qilgandi. O'tgan mavsumdagi ajoyib ishtirokidan so'ng u Angliyaga keldi. Angelos Postekogl tomonidan ishlab chiqilgan taktikada qanot himoyachilari hujumga yaxshi o'ta olishlari lozim. Destini esa buni juda yaxshi uddalay oladi. 20 yoshli bolakay o'tgan mavsumda “Udineze” tarkibida qanotda yakka hukmdorlik qilgandi. “Tottenxem” nihoyat yaxshi chap qanot himoyachisiga ega bo'ldi. Udodji birinchi turda to'liq harakat qildi.

Jerred Brentueyt, 21 yosh, markaziy himoyachi, “Everton”

PSVdagi omadli mavsumdan so'ng Jerred Brentueyt yana jonajon jamoasiga qaytdi. U raqiblari bilan kurashga kirishidan qo'rqmaydi va boshi bilan ajoyib o'ynaydi. Biroq “Everton” yaqin kelajakdagi yulduzi bo'lishi lozim bo'lgan futbolchisidan ayrilishi mumkin. Sababi unga MYUdan taklif tushagan. Jerred Brentueyt birinchi turda maydonga tushmadi.

Levi Koluill, 20 yosh, markaziy himoyachi, “CHelsi”

O'tgan mavsumda “Brayton”da ijarada harakat qilgan Levi Kolvill bu yozda “CHelsi”da qolishni reja qilmagandi. Biroq Pochettino yosh himoyachiga imkon berishni vada berdi va mavsum oldi yig'inlarda himoyachini doimiy tarzda maydonga tushirdi. SHundan so'ng Levi jamoada qolishga qaror qildi va “CHelsi” bilan 2029 yilga qadar shartnoma tuzdi. U klub afsonasi bo'lmoqchi ekanligini malum qildi. Ko'pchilik mutaxassislar uni ikkinchi Jon Terri deb atashmoqda. Jamoadagi raqobat kattaligiga qaramasdan, Levi Kolvill APLning birinchi turida “Liverpul»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kobbi Maynu, 18 yosh, tayanch yarim himoyachisi, “Manchester Yunayted”

Kobbi — “Qizil iblislar”ning akademiyasidan chiqqan futbolchi. Jamoa bilan turneda ishtirok etdi va o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi. Ten Xag uni “Real Madrid”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Biroq Kobbi Maynu ushbu uchrashuvda jarohat oldi. Ko'plab jamoalar futbolchini ijaraga olishni istadi, biroq MYU bunga yo'l qo'ymadi. Muxlislar Kobbi Maynuni Pol Pogbaga o'xshatishmoqda, biroq Kobbi ancha agressivroq harakat qiladi.

Kobbi jarohat sababli dastlabki oylarni o'tkazib yuboradi. Erik ten Xag unga ishonmoqda va shu sababli 18 yoshli vunderking jarohatdan qutilganidan so'ng MYU bosh murabbiyi unga imkon berishi aniq.

Fakundo Buonanotte, 18 yosh, hujumkor yarim himoyachi, “Brayton”

“Brayton” Aleksis Mak Allisterni sotdi va unga zaxira sifatida qishda futbolchi olib qo'ygandi. Fakundo Buonanotteni «Rosario Sentral»dan xarid qilingan va yarim mavsum davomida Mak Allister oldida o'yinlarda ishtirok etdi. Fakundo allaqachon APLning 13 ta bahsida ishtirok etib bo'lgan.

Mateus Fransa de Oliveyra, 19 yosh, yarim himoyachi, “Kristal Pelas”

“CHelsi”ga yo'q degan kamdan-kam braziliyalik. “Kristal Pelas” “Flamengo” yarim himoyachisi uchun 30 million evro to'ladi. Fransning eng kuchli tomoni — ishonchli harakatida. U hujum oldida, markaziy himoyada va qanotlarda ham birdek o'yin ko'rsata oladi. Mateus jarohat sababli birinchi turni o'tkazib yubordi.

Beni Traore, 20 yosh, hujumchi, “SHeffild Yunayted”

SHYU APLga qaytishi bilan yosh va tezkor hujumchi bilan shartnoma imzoladi. Beni Traore o'tgan mavsum SHveciya chempionatida 20 ta uchrashuvda 15 ta gol va 5 ta assist qayd etgan. Unga ko'plab toplardan taklif bo'ldi, biroq u SHYUni tanladi. Beni Traore birinchi turda maydonga tushdi va hozircha gol urishga erisha olmadi.

Simon Adingra, 21 yosh, vinger, “Brayton”

“Yunion”dagi ajoyib mavsumdan so'ng Simon Adingra “Brayton”ga qaytdi. Simon yozgi yig'inda o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qildi, “Brentford”ga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan. “Brayton”ning hujum chizig'ida raqobat katta. Biroq Simon Adingraga mavsum davomida imkoniga ega bo'lishi aniq. U “Luton”ga qarshi uchrashuvda 13 daqiqa harakat qildi va bitta gol urishga ham ulgirdi.

Rasmus Xoylunn, 20 yosh, hujumchi, “Manchester Yunayted”

Ro'yxatdagilar orasida eng qimmati va eng mashhuri. Endi Manchester derbilarida ikkita skandinaviyalik hujumchilar harakat qiladi. Xollandga qarshi Xoylunn! 20 yoshli hujumchi bir yarim yil avval Avstiyaning “SHturm” jamoasida o'ynardi, endi esa “Old Trafford”ni “yondirishi” lozim.

Rasmus Xoylunn APLda to'p darajadagi bo'lishi uchun barcha xislatlar bor. Dribling, tezlik, texnika bor. Rasmus Xoylunn MYUga “Atalanta”dan jarohat bilan keldi va endi uning APLdagi debyuti uchun malum muddat kerak bo'ladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика