Yangi stadion "Inter" va "Milan"ga 1,2 milliard evroga tushadi
25 mar 2025 19:33
Yangiliklar
Yangi stadion "Inter" va "Milan"ga 1,2 milliard evroga tushadi
Arena 71 500 tomoshabinni sig'dira oladi.
"Inter" va "Milan" futbol klublari tomonidan municipal mamuriyatga taqdim etilgan hujjatga ko'ra, Milanning San-Siro tumanida yangi stadion qurish qiymati 1,2 milliard evroni tashkil etadi.
Loyihaga ko'ra, stadion qurilishi 2031 yilgacha yakunlanadi. Birgina arenani qurish uchun taxminan 700 million evro sarflanadi. Ikki klub loyihasi yangi stadion qurish va uning atrofini muzey, do'konlar, ofislar, mehmonxona va yashil maydonga ega sport markaziga aylantirishni o'z ichiga oladi.
Milanning ikki klubi hozirgi 98 yillik tarixga ega "San-Siro" stadioni va unga tutash hududni shahar kengashidan sotib oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar