So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:2 (онлайн ҳисоб)  10 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Yangi “Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi Yangiliklar

Yangi “Olimpik” jamoasining mavsumoldi tashkiliy masalalari muhokama qilindi

Xabaringiz bor, futbol bo'yicha Olimpiya terma jamoamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishini taminlash uchun hozirdan amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Bu borada MOQ koshida “Olimpik” jamoasi shakllantirildi. Bugun MOQ va O'FA rahbariyati, “Olimpik” jamoasi vakillari o'rtasida tashkiliy masalalarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining hamda O'zbekiston futbol associaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o'rinbosari Saken Polatov, «Paxtakor» futbol klubi bosh direktori Dmitriy Adisman, “Olimpik” FK bosh direktori Alisher Polatov va jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadzelar ishtirok etishdi. 

Dastavval, Timur Kapadze mavsumga olib borilayotgan tayyorgarlik, jamoaga jalb qilingan futbolchilar haqida malumot berdi. SHundan so'ng MOQ raisi mavsumning ochilish o'yiniga tayyorgarlik bo'yicha o'z tavsiyalarini berib o'tdi. 



“Mavsum boshida jamoamizni tanishtirish uchun matbuot anjumani tashkil qilsak. Qolaversa, ilk uy uchrashuvini yuqori saviyada tashkil qilish bo'yicha ham bir qator dasturlarni ko'rib chiqishimiz lozim. Fursatdan foydalanib, o'zbek futbolining rivoji uchun yosh futbolchilarni «Olimpik» jamoasiga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan bir qator klublarimizga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchimiz. Asosiysi, bizning tashabbusimizni hukumatimiz qo'llab-quvvatlamoqda”, – dedi MOQ raisi.


SHuningdek, suhbat davomida jamoaning vaqtinchalik bazasi joylashadigan “JAR” sport majmuasining imkoniyatlaridan to'liq foydalanish, uning foydalanilmayotgan hududlarida yuqori sifatli suniy maydonlarni qurish, futbolchilar bilan tuziladigan shartnomalarni batafsil o'rganib chiqish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi. Eslatib o'tamiz, «Olimpik» jamoasi 2021 yil futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining Pro-ligasida ishtirok etadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика