Yangi oilaga kelin bo'lib tushgan uyatchan qizga o'xshab qolgan PSJ va ECHLning boshqa o'yinlari haqida
15 fev 2018 17:16
Yangiliklar


Yangi oilaga kelin bo'lib tushgan uyatchan qizga o'xshab qolgan PSJ va ECHLning boshqa o'yinlari haqida
Turindagi bahsda muxlislar 90 daqiqa tezkor va shiddatkor futbol guvohiga aylanishdi. "Yuventus" o'yinni dahshatli boshladi. Tabiiyki bunday startni "Tottenxem" kutmagandi. Dastlabki 10 daqiqa ichida kiritilgan ikki gol "Tottenxem"ni esankiratib qo'ymadi. Aksincha, Mauricio Pochettino "Yuve"ning dahshatli startiga to'g'ri reakciya bildira oldi. Aynan ikkinchi goldan so'ng "Tottenxem" o'yin tizginini o'z tomoniga og'dirishga erishdi. Pochettino uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida jamoaning o'yin uslubi va principi o'zgarmasligini takidlagandi. "Tottenxem" ustozining aytgan gaplarini jamoa amalda isbotladi. Yani, jamoa o'z uslubidan voz kechmagan holda agressiv va hujumkor futbol namoyish etdi. "Yuventus" esa hisob 2:0 bo'lganidan keyin natija uchun harakat qildi va bu yakunda ularga qimmatga tushdi.
Londonliklarning ikki etakchi futbolchilari Xarri Keyn va Eriksen tomonidan kiritilgan gollar jamoaga javob bellashuvi oldidan chorak finalga yo'l olish uchun juda qulay imkoniyatni taqdim etdi. Aslida voqealar rivoji butkul boshqacha scenariy ostida davom etishi mumkin edi. O'yinga burilishi yasashi mumkin bo'lgan vaziyatda Iguain penaltini aniq amalga oshira olmadi. Natijada "Tottenxem" mag'lubiyatdan qutilib qolish chorasini topdi.
"Yuventus"ning asosiy ikki figurasi Dibala va Matyuidining yo'qligi Allegrining rejalariga o'zgartirish kiritdi. Javob bahsida esa katta ehtimol bilan bu futbolchilar safga qaytishlari mumkin. Bu esa "Yuventus"ning kamaygan umidlariga shamchiroq bo'ladi.
Bu to'qnashuvda javob o'yini oldidan ko'pchilik "Tottenxem"ning imkoniyatlari oshib ketganini takidlamoqda. Lekin Londonda "Yuventus" hali o'z so'zini aytishga urinib ko'radi. Turindagi ajoyib 90 daqiqa Londonda 120 daqiqaga aylanib ketishi hech gap emas. Har ikkala jamoa istalgan paytda bir-biriga qarshi kurash taklif etishga qodir. "Tottenxem"ning eng asosiy yutug'i shundaki, jamoa mehmonda gol urishga erishdi. Urganda ham bitta emas, balki ikki bor "Yuve" darvozasini ishg'ol etdi. Bu esa ECHL pley-off bosqichida yaxshigina ustunlik beradi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, "Tottenxem"ning raqibi "Yuventus" ham "Uembli"da mezbonlar darvozasini ishg'ol etishga qurbi etadi. Bu to'qnashuvda kurash aslo tugagani yo'q. Aksincha hammasi endi boshlanmoqda.
Juventus Gonzalo Higuain - 2', Gonzalo Higuain - 9' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2018, 00:45 2
:
2
Tugadi
|
Tottenham Hotspur Harry Kane - 35', Christian Eriksen - 71' |
Stadion: Allianz Stadium, 41232 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Seshanba oqshomining ikkinchi juftligida barcha masala deyarli hal etildi. Hal etilganda ham juda osonlik bilan. SHveycariyaga safar uyushtirgan "Manchester Siti" "Bazel" darvozasiga javobsiz to'rtta gol kiritdi. Gvardiola "Bazel" to'sig'ini birinchi uchrashuvdayoq, mehmondayoq hal etib qo'ya qoldi. Bu to'qnashuvning javob o'yini shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. "Bazel" Manchesterga ikkinchi tarkibini yuborsa ham hech kim ranjimasa kerak. SHu o'rinda Gvardiola ham javob bahsida yoshlarni sinovdan o'tkazib olish uchun yaxshigina sharoit yaratib qo'ydi. "Manchester Siti" Angliyada ham chempionlikni naqd qilib qo'ygan. CHorak final chiptasi ham cho'ntakda. Demak "shaharliklar" bemalol chorak finalda ularga kim ro'baru kelishi haqida bosh qotirishi mumkin.
Basel |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2018, 00:45 4
:
0
Tugadi
|
Manchester City Ilkay Gundogan - 14', Bernardo Silva - 18', Sergio Aguero - 23', Ilkay Gundogan - 53' |
Stadion: St. Jakob Park, 36000 tomoshabin
Bosh hakam: Jonas Eriksson
CHorshanba oqshomidagi birinchi o'yinda "Liverpul" Portugaliyada "Portu" mehmoni bo'ldi. Yurgen Kloppning tajovuzkor futboli oldida jiddiy qiyofadagi "Portu" ham suvga tushgan mushukka aylandi qoldi. Serjiu Konseysau jamoasining 25 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga "Liverpul" nuqta emas, undov qo'ydi! Mersisaydliklar "Portu" darvoasi tomon javobsiz beshta to'p yo'llashdi va chorak final masalasini Portugaliyadayoq hal etib qo'ya qoldi. Xuddi "Manchester Siti" kabi "Liverpul" ham o'z uyidagi javob bahsidan o'rtoqlik uchrashuvi sifatida foydalanib qolish imkoniyatiga ega. Bu to'qnashuvda barcha narsa hal . Javob o'yini esa intriga jihatidan o'z ahamiyatini butkul yo'qotdi desak ham bo'laveradi. SHuni qayd etib o'tish kerakki, "Qizillar"ning dahshatli hujum chizig'i joriy mavsumda Evropa chempionlar ligasida gol urish bobida etakchiga aylanib oldi.
FC Porto |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 15/02/2018, 00:45 5
:
0
Tugadi
|
Liverpool Sadio Mane - 25', Mohamed Salah - 29', Sadio Mane - 53', Roberto Firmino - 69', Sadio Mane - 85' |
Stadion: Estadio do Dragao, 47718 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
Nimchorak final juftliklari ichidagi eng ko'p kutilgan va muhokamalarga sabab bo'lgan to'qnashuvda "Real" PSJga dars berdi. Ushbu to'qnashuvdan oldin ko'pchilik "Real"ning imkoniyatlarini past baholayotgan, PSJdagi hujum chizig'i qanchalik dahshatli kuchga ega ekanligi bot-bot takrorlanayotgandi. Lekin Madriddagi bahs bu to'qnashuvda "Real"ni hisobdan chiqarishga erta ekanligiyu, PSJ hali grand jamoa bo'lib ulg'aymaganini ko'rsatib qo'ydi. Ha, aynan PSJ bu kabi katta o'yinlarda qanday o'ynashni o'zlashtira olmayotgani, bosh murabbiy Unai Emeri esa yana eski odatini ishga soldi. Yani, PSJ murabbiyining qo'rqoq taktikasi evaziga "Real"dan jazolandi.
"Real" shu holatida ham tarkib borasida "qurollangan" PSJga katta o'yinlarda qanday o'ynash kerakligi borasida dars o'tdi. Bungacha PSJga o'tgan mavsumda "Barselona" haqiqiy mahorat darsini o'tgandi. Eng qizig'i, o'shanda PSJ og'zidagi tayyor oshini oldirib qo'ygandi. Kechagi bellashuvda ham deyarli shu holat kuzatildi. Faqatgina bu gal bir o'yin davomida PSJ o'zi uchun kerakli hisoblarni saqlab qola olmadi.
To'g'ri, nazariy jihatdan PSJda hali chorak finalga yo'l olish uchun imkoniyat saqlanib turibdi va javob o'yini o'z maydonida o'tadi. Lekin jamoa bu kabi katta o'yinlarda o'zi davo qilayotgan top jamoa darajasida o'ynashni o'rganmas ekan, "Real", "Bavariya" yoki "Barselona" kabi raqiblar oldida pand eb qolaveradi.
Kechagi g'alabadan keyin "Real"ning ishtahasi ochilib ketishiga shubha yo'q. Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak, Zidan endilikda bor etiborini Evropa chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi bor g'olib bo'lishga qaratishga majbur. Har qanday holatda ham Parijdagi javob o'yini nimchorak final bosqichini bezab beradigan bahslarga aylanib ketishi mumkin. PSJ transferlarda sarf qilayotgan pullar, ECHL yo'lidagi shuncha harakatlar chippakka chiqmasligi uchun parijliklar nima qilib bo'lsada chorak final chiptasini qo'lga kiritishga urinib ko'rishadi. Ularni kurashdan chiqarishga shoshilayotganimiz yo'q. SHunchaki PSJ haqiqiy grand, yani top jamoalar oldida o'zini yangi oilaga kelin bo'lib tushgan uyatchang qizdek his qilmoqda.
Real Madrid Cristiano Ronaldo - 45', Cristiano Ronaldo - 83', Marcelo - 86' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 15/02/2018, 00:45 1
:
3
Tugadi
|
Paris Saint-Germain Adrien Rabiot - 33' |
Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 78158 tomoshabin
Bosh hakam: Gianluca Rocchi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar