So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  1 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  1 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0

Yangi mojaro. Ronaldu huquqshunoslari "Yuve"da o'tkazilgan tekshiruv hujjatlarini so'rashdi, ammo ularga rad javobi berildi Yangiliklar

Yangi mojaro. Ronaldu huquqshunoslari "Yuve"da o'tkazilgan tekshiruv hujjatlarini so'rashdi, ammo ularga rad javobi berildi

Krishtianu Ronaldu huquqshunoslari Turin sudidan "Yuventus"da o'tkazilgan moliyaviy tekshiruv hujjatlarini so'rashdi.

Malumotlarga ko'ra, "Yuventus" hali ham forvarddan 19,9 mln. evro qarz. Roanldu 2020 yil, kovid paytida maoshini 4 oyga muzlatib qo'yishga rozi bo'lgan.

Ammo shu bilan birga Ronaldu klub bilan to'rt oyning uchtasi uchun pul to'lashni kafolatlovchi hujjatlarga imzo chekkan: Birinchisi  - agar futbolchi Turinda qolsa, ikkinchisi - agar u "Yuventsu"ni tark etsa.

Klub kuzatuv kengashining bayonotida Ronaldu o'z advokatlari orqali Turin prokuroridan tekshiruv ishi bo'yicha hujjatlarni so'ragani tasdiqlangan. Prokuror rad javobini bergan.

"Yuventus" kuzatuv kengashining malum qilishicha, portugaliyalik "qarzni talab qiluvchi sifatida tekshiruv elementlarin tasdiqlaydi". SHu bilan birga kengashning tasdiqlashicha, Ronaldu "bu holatning moliyaviy ahamiyati yo'q deb hisoblab" klubga hech qanday murojaat qilmagan.

O'tgan haftada "Yuventus" o'zining qayta ko'rib chiqilgan moliyaviy hisobotini elon qildi, unda klub Ronaldu oldida qarzdorligi yozilmagan. Bu kuzatuv kengashini "yuqoridagi malumotlarni klubga etkazishga, taxminan 20 million evro miqdoridagi mablag'ning ahamiyatini hisobga olgan holda tegishli ko'rib chiqishni talab qilishga" undadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика