So’nggi yangiliklar

08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  1 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  9 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7

Yangi Kantemi yoki Klod Makelele? Yangiliklar

Yangi Kantemi yoki Klod Makelele?

Teglar :  Lester
"Liverpul" va "Arsenal" o'z tarkibida ko'rishni istayotgan top-tayanch yarim himoyachi haqida.

"Uning uzun oyoqlari hamma erda ulgurmoqda, u xuddi sakkizoyoqdek". "Lester" yangi Kanteni kashf qilmoqda.

"U baland bo'yli, tez yuguradi, baland sakray oladi va o'yinni o'qiy oladi: kezi kelganda hujumga ham o'tib, joy tanlashda adashmaydi, – birinchi murabbiyi, "Genk" klubi skauti va yoshlar jamoasi murabbiyining tariflari bir-biridan unchalik farq qilmaydi. Bu yigit 16 yoshdaligidayoq kelajkda top futbolchi bo'lishi malum edi.

Vilfred N'Didi o'yin uslubini futbol akademiyasida shug'ullanib yurgan vaqtlaridayoq tanlab bo'lgan – kuchli tomonlaridan unumli foydalanib, kuchsiz jihatlarini rivojlantirish.


"Men hech qachon to'pni olib qo'yishni mashq qilmaganman. Himoyaviy harakatlardan faqatgina havodagi kurashlarda qanday harakat qilishni mashg'ulot vaqtida sayqallab boraman", – deydi Nigeriyalik futbolchi.
U avval boshidan qaerga ketayotgani va nimani istashini yaxshi tushungan. Ota-onasining futbolni tashlab, o'qishga etibor qaratishi to'g'risidagi gaplarga ko'nmadi, futbolda hech kimga taqlid qilmadi, u faqat o'zining ustun jihatlarini tahlil qilib, o'z ustida ishladi.

"Men o'z ishimni sifatli qilishga va o'z o'yinimni kuchaytirib borishga bor etiborimni qaratganman. O'zimga o'zim: "N'Didi kabi o'yna", deyman deb yodga oladi futbolchi.

Vilfred Lagos shahrida tug'ildi va o'sdi (Nigeriya). Futboldagi dastlabki qadamlarini ham o'sha erdagi akademiyada tashladi. Uning jamoasi kuchlilar qatoriga kirmasada, taktik tayyorgarlik evaziga maqsadiga erishardi. N'Didi markaziy himoyada to'p tepgan va hujumga ham o'tib turgan. "Men to'pni yarim himoyachilarga oshirib, o'zim oldinga, bo'sh zonaga yugurardim. SHunga o'xshash vaziyat "Derbi"ga urilgan golda ham yuz berdi – maydon markazidan jarima maydonchasi tomon chopdim, sababi bo'sh zona bor edi va vaziyatni baholagach, oldinga o'tishga qaror qildim, – tushuntiradi tayanch yarim himoyachisi. O'sha jamoada Vilfred bo'sh zonalarni ko'rish va ulardan foydalanishni o'rgandi.

"Genk" yoshlar jamoasida N'Didi o'sishda davom etdi. "U to'pni olib qo'yishda ancha yaxshi o'yin namoish eta boshladi. Bugun uning uzun oyoqlari hamma joyda ulgurdi. U xuddi sakkizoyoqdek edi", – degandi klub yoshlar jamoasi ustozi. Aynan u nigeriyalikni asosiy jamoaga o'tishida muhim rol o'ynagan. Raqib hujumlarini buzishda foyda keltirayotganini ko'rgan "Genk" bosh murabbiyi Piter Meys yosh futbolchini tayanch yarim himoyasiga o'tkazadi.


Faoliyati davomida uzoq pasayishlar bo'lmagan, barcha klublarida muhim o'yinlarda o'zini ko'rsata oladigan N'Didi barqaror o'yini bilan ajralib turadi. "Genk"da tezda jamoaga qo'shilib keta oldi va asosiy yulduzga aylandi, "Lester"da Kantening o'rnini bosa oldi va "Liverpul", hamda "Manchester Yunaytde"ga qarshi ishonchli o'yin o'tkazdi. Bundan tashqari futbolchiga avvaliga Klaudio Raneri, keyin Kreyg SHekspir ishonch bildirishdi.  

Qiziq jihati shundaki, har ikki klubda ham bir-biriga o'xshash vaziyat yuzaga kelgandi. "Lester" maydon markazida haqiqy tayanch yarim himoyachisiga muxtoj edi, "Genk0" esa Sergey Milinkovich-Savich jamoani tark etganidan so'ng, qiynalib qolgandi.    

N'Didi maydonda harakat qilar ekan, hech qanday bosimni xis qilmasdi va o'z o'yinini ko'rsatardi. Uning ruhiy jihatdan o'ta chidamli ekanligini "Genk" yoshlar jamoasi ustozi ham takidlagandi: "Men bunchalik xotirjam hakatlanuvchi yosh futbolchini ilgari hech ko'rmagan".

Futbolchining ko'rsatkichlari tayanch yarim himoyachilarga o'rnak qilib ko'rsatiluvchi Klod Makelelening ko'rsatkichlarinikiga yaqin.  

Potencial xaridorni faqat bir jihat o'ylantirib qo'yishi mumkin. Har to'rt yilda bir marta mavsumning muhim pallasida futbolchi Afrika Kubogiga ketishi kerak.

Boshqa jihatlar bo'yicha unga etirozlar yo'q. Nisbatan kuchliroq va oldiga katta maqsadlar qo'yadigan klubga o'tish futbolchi uchun ham to'g'ri qaror bo'lardi.


Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика