So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  5 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Yangi jamoaga o'tishi, "Lokomotiv"ga yo'l olishi va chempionlik uchun kurash borasida Akbar Usmonov bilan suhbat Yangiliklar

Yangi jamoaga o'tishi, "Lokomotiv"ga yo'l olishi va chempionlik uchun kurash borasida Akbar Usmonov bilan suhbat

O'tgan mavsum futzal bo'yicha Oliy liga to'purari bo'lgan hujumchi Akbar Usmonov debyutant BMB klubi bilan shartnoma imzoladi.

SHundan keyin uning fikrlariga quloq tutdik.


- Yangi jamoaga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Hech kimga sir emaski,  BMB jamoasi 1-ligadan oliy ligaga yo'llanma oldi. Bu jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Oliy ligaga chiqishi aniq bo'lganidan so'ng jamoa murabbiyi Nodir Eliboev menga taklif qildi. Rostisi, BMB jamoasidagi barcha shart-sharoitlari meni qoniqtirdi va men bu taklifni qabul qilishga rozilik bildirdim.

- Yangi jamoaning qaysi tomoni sizga maqul keldi?

- To'g'ri, bu jamoa debyutant bo'lsa-da, yuqorida aytib o'tganimdek oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Bu maqsad yo'lida shu jamoa bilan bo'lishni istadim .

- "Lokomotiv"ni tark etish qiyin kechmadimi?

- Yakunlangan mavsum "Lokomotiv" bilvn ajoyib mavsumni o'tkazdim. Garchi yakunda sovrinli o'rinlarni egalla olmagan bo'lsak ham bu jamoa men uchun qadrini yoqotmaydi. Jamoa murabbiylari bilvn maslahatlashib yakuniy qaror qabul qildim. Fursatdan foydalanib "Lokomotiv" jamoasiga chuqur minnatdorchiligmni bildiraman. Murabbiylar shtabi  bir qatorda men bilan o'ynagan yigitlar, shifokor, matbuot xizmati va "Lokomotiv" muxlislari barchasiga rahmat.

- "Temiryo'lchilar"da o'ynagan vaqtingizda moliyaviy tomonlama muammo bo'lmadimi?

-To'g'risi, mavsum davomida bunday muammolar ko'p bo'ldi. Aynan moliyaviy muammolar natijaga tasirini o'tkazmay qolmadi. Umuman olganda bizni klublarda bunday holatlar ko'p uchraydi. SHu sababli ham ko'p futzalchilar yaxshi shart-sharoitga ega klublar tomon intilishadi .

- Yangi jamoangiz chempionlik yo'lida "Jizzax-Kenteks"ga raqobatchilik qila oladimi?

-Yuqorida takidlab o'tganimdek, BMB jamoasi bilan yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz. Bu yo'lda har qanday raqib bilan raqobat qilishga tayyormiz. Yaratgandan so'rab mehnat qilishdan to'xtamaymiz!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика