Yang: "To'g'risini aytsam, meni Angliya terma jamoasiga chaqirishmaganidan hafsalam pir bo'ldi"
10 apr 2015 16:12
Yangiliklar


Yang: "To'g'risini aytsam, meni Angliya terma jamoasiga chaqirishmaganidan hafsalam pir bo'ldi"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Eshli Yang Angliya terma jamoasidan chaqiruv olmaganidan xafa ekanligini takidladi.
"Roy Xojson bilan aloqam yo'q. Men doimo o'z terma jamoam sharafini himoya qilishni istayman. To'g'risini aytsam, Angliya terma jamoasiga chaqirilmaganimdan hafsalam pir bo'ldi, ammo men "Manchester Yunayted" safida o'zimning yaxshi o'yinimni ko'rsatib, yangi chaqiruvni kutishim kerak" - deydi Yang.

Fikrlar