Yanami?! Arda Turan yon hakamga hujum qildi (VIDEO)
05 may 2018 11:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/424916_original.jpg)
![](/upload/storage/424916_220.jpg)
Yanami?! Arda Turan yon hakamga hujum qildi (VIDEO)
"Barselona" yarim himoyachisi, ijara asosida Turkiyaning "Buyukshexir" klubida o'ynayotgan Arda Turan yana "qovun tushirdi".
Futbolchi "Sivasspor"ga qarshi Turkiya chempionatining 32-tur o'yinida (1:1) chetlatildi. Bahsning 94-daqiqasida Turan qoidabuzarlikni qayd etmagan yon hakamni tanqid qildi va uni turtib yubordi. Uchrashuv bosh hakami tezda futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.
TAS-IX
Bu turkiyalik futbolchining so'nggi vaqtlardagi birinchi mojaroli ishi emas. Oldinroq, Turan jurnalistga uni boshini yorish bilan tahdid qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar