Yana bir Zidan "Real"ni tark etmoqda

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2018, 14:26
Zinedin Zidanning o'g'li va "Real" darvozaboni Lyuka Zidan klubni tark etadi.

20 yoshli posbon yoshlar jamoasining kelasi mavsumgi rejalariga kirmaydi.

Yosh ukrainalik darvozabon Andrey Luninning "Real"ga o'tishi Zidan bilan xayrlashishga sabab bo'ldi.

Lyuka Zidan 14 yildan beri "Qirollik klubi"da shug'ullanadi, so'nggi mavsum u LaLigada debyut qilishga ham ulgurdi.

Oldinroq, uning otasi Zinedin Zidan klubni tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca